tikildi To‘g‘onbek. — Xohlasam, shu kecha olamen, — javob berdi ishonch bilan Xadichabegim. — Ammo farmonni nihoyatda tezlik bilan amalga oshirish zarur ham buni sizga o ‘xshash kishi qiladi. Farmonni har kimdan yuborib bo‘lmaydi, chunki Hirotdagilar farmonni olib, lekin qatlni mumkin qadar orqaga surishlari mumkin. Ulug‘ amirlar eshitib qolsalar, M o‘min Mirzoning gunohini podshohdan so‘rab olishlari mumkin. 443
— Hech shubha yo‘q, hech! — po‘ng‘irlab qo‘ydi Nizomulmulk. — Bu xizmat badaliga oltin tog‘lar muyassar bo‘lur, — tovushini nayday cho‘zib dedi Kamoliddin Husayn. To‘g‘onbek unga o ‘qrayib bir qaradi-da, Xadicha- begimga dedi: — Sizga ma’qul tushgan bo‘lsa, bas. Lekin oxiri ko‘ngilsizlik bilan bitmasmikin? — Nimalami o ‘ylaysiz! — javob berdi qari satang- ning ishvasi bilan Xadichabegim. — Podshohning o ‘z muhri bosilgan farmon bilan borasiz! To‘g‘onbek yana bir necha vaqt o'ylab, nihoyat, ayniqsa Xadichabegimning orzusini yerda qoldirishga botinmay, qabul qildi. Tashqari chiqdilar. Nizomulmulk o ‘z chodiriga ketdi. To‘g ‘onbek uning o ‘g‘illarining chodiriga kirdi. Hech biri yotmadi. — Podshoh hazratlari ko‘nmasalar kerak, — dedi qo‘lini siltab To‘g‘onbek. — Farmon hozir qo‘lga tegadi, — dedi Amidal- mulk. — Xadichabegim podshohni shunday avraydiki, ta’rifga sig‘maydi. — Alalxusus, xoqon hazratlari mayi nob ta’sirida bo‘lsalar, har qanday farmon olish uchun mushkulot chekilmas. Chunki aql sharobda erib ketadi! T o‘g‘onbek yonboshladi, o ‘yga sho‘ng‘idi. Kamo