To‘g‘onbekka qarab qo‘ydi. Keyin To‘g‘onbekni nari- ga eltib, shivirladi: — Yetti otam haqqi, men bunday jazoni hech kut- magan edim. Bayon qiling, bek, bu qanday gap? — Farmoni oliy... — dedi To‘g‘onbek zarda aralash. — Sen ham, biz ham xoqonning quLlarimiz. Bo‘ysunishni bilamiz, xolos! Ha, shoshma, — zindon- boshini nariroq surib, davom etdi To‘g‘onbek. — Ishni shu tundan qoldirmaymiz. Ijro etilguncha, ti- lingni kes! Zindonboshi x o ‘mrayib, yana sham qarshisiga o ‘tirdi, farmonga tikilib, afsuslanganday, boshini asta, lekin uzoq tebratdi. To‘g ‘onbek bu yerdan shaharga chiqishni, hatto oilasida qolganlami borib ko‘rishni istamadi. Navkarga pul berib, oshxonadan taomlar keltirdi-da, bemalol yeb oldi. Xuftondan keyin Amr Obodiy, boshi og‘ib kirgan odamday, paydo bo‘lib qoldi. Bu — ko‘rinishda bahaybat bo‘lmagan, qalin soqolli, kichik yuzli, ko‘zlarida doimo qotgan qanday dir bir xiralik ko‘ringan odam — so‘roq va qiynoq 445
mutaxassisi edi. Bu davrning odamlari san’atlarda va turli foydali ishlarda o ‘z mahoratlarini kamolga yetkazishga intilganlaridek, Amr Obodiy ham qiynoq, jazo bobida inson hayoliga sig‘mas darajada g‘alati ixtirolar egasi edi. To‘g‘onbekka, keyin zindonboshi- ga ko‘z tashlash bilan, u o ‘zining o ‘tkir ichki sez- gisi orqasida, mash’um hodisa hidini tuydi. Qal- baki nazokat bilan ko‘rishib, To£g‘onbekka murojaat etdi: — Janoblari, agar xato qilmasam, saltanat tojining gavharlaridan birini egovlagali kelgan bo‘lsalar kerak? — Ushatgali keldim! — dedi yerga tikilgan holda