— Albatta, — dedi M o‘min Mirzo. — Lekin orzu- siz umrning ham keragi yo‘q! Dahlizda gumbur tovush eshitildi. M o‘min Mirzo eshikka qaradi. To‘g‘onbekka va Amr Obodiyga tikil- di: «Aytkulik so‘zlaringiz bo‘lmasa, chiqib ketinglar. Men yotamen», — dedi bola shahzodalarcha buyruq yo‘sunida. Amr Obodiy beso‘naqay tishlarini ochib, kulib qo‘ydi. Zindonboshi bilan jallod kirdi. Bola o ‘tkir ko‘zlari bilan hammaga jovdirab qaradi. Rangi birdan qum o‘chib ketdi. Sakrab o‘rnidan turdi: «Nega kel- dinglar?» — qichqirdi bola. Uning haligacha ma’sum, sof ko‘zlari dahshat bilan yonardi. Amr Obodiy bola- ning ikki qo‘lini ombur bilan qisgandek, mahkam ush- ladi va dag‘allik bilan: — Shahzodam, hozir to‘g‘ri tangri qoshiga bora- siz! — dedi. — Nomussizlar! — bo‘shalishga tirishib qichqirdi bola. — Kimning farmoni bu? Bobomning qahru g‘azabidan qo‘rqmaysizlarmi? Qo‘y meni! Y o‘qol hammang! — Bobongiz xoqon hazratlarining farmoni oliysi bilan keldik. Taqdirga tan bermoq kerak... — dedi hansirab T o‘g ‘onbek. — Ollohning rizosi... Qismat, — farmonni ko‘rsa- tib dedi zindonboshi. — Bobomga ne bo‘ldi? 0 ‘z ko‘zini o ‘zi o ‘ymoq! Insofsiz, badbaxt bobo! Jallod M o‘min Mirzoni ko‘tarib pastga, quruq yerga yotqizdi. Amr Obodiy sham tutdi. T o‘g‘onbek orqasini o ‘girib, ko‘zlarini yerga qadadi. Bola kuchsiz, dardli ovoz bilan, «Onajonim!» Qayerdasiz, otam?» derkan, jallod bo‘g‘ziga xanjar qo‘ydi... Bir zum xiril- lab, bola jim bo‘ldi. Jallod uning shohi ko‘ylagiga xan- jami artib, qaddini rostladi. To‘g‘onbek Amr Obodiyning orqasidan og‘ir qadam tashlab, tashqari chiqdi. Salqin havoda chuqur