yumshoq par yostiq keltirib, o ‘rin soldi-da, bir chekka da uyquga ketdi. Vaqt yarim kechadan og‘di. T o‘- g‘onbek yechinib yotmoqchi bo‘lganda, darvozadan tasirlatib otliq kirdi. Keng sahnda, qorong‘ida, jimgi- na aylanib yurgan qurolli navkarlar har yoqdan yugu- rishdi. T o ‘g‘onbek parvo qilmay, o ‘rniga cho‘zilishi bilan gursillab kimdir xonaga kirib keldi. To‘g ‘onbek boshini ko‘tarib, saroyning yaqin mulozimlaridan biri- ni ko‘rdi. Zindonboshi ham cho‘chib o ‘rnidan turdi. — Ha, nima g‘alva? — to ‘nglik bilan so‘radi To‘- g‘onbek. 15-4 7 3 3
449
— Siz shundamisiz? Juda yaxshi, — hansirab dedi mulozim. — Xoqon hazratlari farmonni bekor qildilar. Mana, yangi farmon! — Nima? — To‘g‘onbek o ‘midan sapchib turdi. Zindonboshi: «Evoh!» deb peshonasiga urdi, qal- tirab, devorga suyalib qoldi. Chopaming ko‘zlari go‘yo qinidan chiqayozdi, yiqilayozganday u ham devorga suyaldi va g‘ulduradi: — Shahzoda... nima... ketdimi? Ana falokat! Bu qanday gap? Darrov? — Ajali yetgan-da, — do‘q qildi To‘g‘onbek. — Ajalga davo yo‘q! — qaltirab dedi zindonboshi. To‘g ‘onbek chopardan yangi farmonni oldi. Ichida o‘qib, majolsiz, bo‘shashgan holda jim bo‘lib qoldi. Bu farmon haqiqatan awalgi farmonni bekor qilgan edi. Uzoq, og‘ir sukunatdan keyin, To‘g‘onbek qan day qilib va qay sabablar bilan podshoh o ‘z qaroridan voz kechganligini so‘radi. — Podshoh hazratlari farmonni kayfning zo ‘ridan, aslo bilmasdan, bergan ekanlar, — hayajonini bosish- ga tirishib gapira boshladi chopar. — Bu mazmundan