Navoiy X o‘ja Afzalning kelganligi, podshohga xiz- mat qilmoqqa orzusi borligini so‘zladi. Husayn Boy qaro uni yaxshi so‘zlar bilan, eski qadrdon kabi yorla- di ham vazir etib farmon bermoqqa hozirligini bil- dirdi. Navoiy kelgan kundan boshlaboq vaziyatni, jino- yatni va uning ichki tomonlarini o ‘rganishga tirishdi. Valibek, Boboali eshik og‘a, Abdullo marvoriy, Darvesh- ali bilan suhbatlashib, jinoyatga Xadichabegim bilan bir qatorda Nizomulmulk sababchi ekanini, lekin pod- shoh Xadichabegimdan xafa bo‘lsa ham, uning guno- hi haqida og‘iz ochmaganini bildi. U Nizomulmulk- ning yaqinlaridan bo‘lgan Imodal Islom, X o‘ja Abdulaziz, Nizomiddin Kurd, qozi Shahobiddin va hokazo bir ko‘p yuqori mansabdorlar shahzodalaming orasiga dushmanlik solib, goh u shahzodaga, goh boshqasiga tarafdorlik ko‘rsatayotganlarini aniqladi. Badiuzzamon awalgi adovatiga endi o ‘g‘lining qasosini qo‘shib, har yerda o ‘ziga tarafdorlar to‘plab, qat’iy hujumlarga o ‘tmoqqa tayyorligi haqida xabarlar olindi. Uning hujumini, birdan guvillab keladigan bo‘ron kabi, har vaqt kutib turardilar. Bu to ‘g‘rida Navoiyning ham shubhasi yo‘q edi. Bundan tashqari, 456
ba’zi alomatlarga binoan, boshqa shahzodalarning ham turli viloyatlarda erta-kech bosh ko‘tarishlarini taxmin qilardi u. Nizomulmulk hech qanday jinoyatning oldidan o ‘tmagandek, pinagini buzmay, awalgiday kekkayib, dabdabador yashar edi. Uning so‘zlarida davlatning vaziyati ko‘rilmagan darajada mustahkam, xalq shod, yurt obod edi! Husayn Boyqaro farmon bilan X o‘ja Afzalni vazir