Asr oshgan asarlar


tayinladi. Navoiy, garchi rasmiy har qanday vazifa-



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   161
Navoiy romani. Oybek

tayinladi. Navoiy, garchi rasmiy har qanday vazifa-
mansabdan xoli bo‘lsa ham, davlatning butunligi,
yurtning tinchligi uchun tinmay ishlay boshladi. No-
musli odamlarning mansablarga tayinlanishiga yor-
dam etdi. Nizomulmulk o'zining suyanch tog‘larining
bir-bir qulay boshlaganini sezib, yangi fitnalar qo‘z-
g‘ashga tirishdi.
Husayn Boyqaro bir vaqtlar saltanat tojining beba-
ho gavhari, deb maqtagan vaziridan shikoyat qila
boshladi. Zotan, nabirasi uchun o ‘ch olish fikri goho-
goho ilondek chaqib, butun vujudini zaharlar edi.
Vazirning yangi fitnalari uning sabr kosasini to ‘ldirdi.
U Navoiyni chaqirib, kengashdi.
Navoiy o ‘z fikrini bayon qilib, dedi:
— Davlat manfaati uchun lozim bo‘lgan aqlli tad-
birlarni men hamisha qabul qilurmen.
— Nima qilmoq kerak uni?
— Davlat taqdirini, xalqni vazirning makriga
havola qilmoq jinoyatdir. Mansabdorlar o ‘z vazifalari-
ni halol bajarsinlar, ammo davlatning ular qo‘lida
o ‘yinchoq bo‘lishiga hech vaqt yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Hatto tojdor podshoh ham davlat va xalqni o ‘z kayf-
lari uchun o‘yinchoq qilmoqqa haqli emas! — javob
berdi Navoiy.
— To‘g‘ri so‘z, — dedi Husayn Boyqaro kasaldek
inqillab. — Ammo siz juda yumshoq ko‘ngilsiz. Men
makkorlarning boshiga shunday dahshatli kunlarni
solayki...
— Fitnachilarning ayblari tahqiqlanib, har kim o ‘z
qilmishiga yarasha ko‘rguligini ko'rsin. T o‘g‘onbek
457


kabi razil maxluqlarni bu aziz tuproqlardan haydamoq
kerak! — taklif etdi Navoiy.
— U shumqadamga harne jazo oz! — g‘azabdan
ijirg‘anib dedi Husayn Boyqaro.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin