terishga tirishadi. Faqat, nima qilsinki, mamlakatning siyosiy hayotida to‘xtovsiz zilzila! 458
Nizomulmulkning ikki o ‘g‘lini zindon ichida, otasining ko‘z o‘ngida, jallod qilichdan o'tkazdi. So‘ng Nizomulmulkni Amr Obodiyning eng keyingi ixtiroi bo‘lgan qiynoqlar bilan qiynab, terisini shilib, somon tiqdilar. Sersavlat, ko‘rkam sobiq vazirning somon tiqilgan gavdasi bir hafta qadar Hirot may- donida osilib yotdi. Badiuzzamon Mirzoning tarafdorlarini Husayn Boyqaro zindonga otdi. Lekin hayotda osoyishtalik, baribir, yo‘q. Podshoh xonadonidagi o ‘n yillardan buyon tomir yoygan adovat, fitna, zahar taratuvchi yog‘ochday, havoni bo‘g‘moqda edi. 0 ‘g ‘lining qasosi bahonasi bilan Badiuzzamon qari, kasal otaga hujum- dan qaytmaydi. Navoiy mamlakat va el taqdiriga ko‘p va kar bo‘lishga vijdoni azoblanadi. Poytaxtdan jang maydoniga yangi kuchlar yuborishi, shahzodalarga ham yozib, ulami adl-insofga chaqirishi kerak. Badiuz zamon endi ancha tajribali bo‘lib qolgan. U ni to‘la tor-mor qilish og‘ir. Shikast esa, chekinadi, lekin oradan ko‘p o ‘tmay, yana yangi hujumlarga o ‘tadi. Navoiy Husayn Boyqaroni o ‘g‘li bilan sulh tuzish- ga qistadi. Inqillab qolgan chol ko‘ngach, shahzoda qoshiga bordi. Butun obro‘si, butun mantiqi bilan uni otaga, davlatga qarshi tig‘ ko‘tarishdan voz kechishga majbur etdi. Qish va yoz tinchdek o ‘tdi. Lekin kuzda boshqa o ‘g‘illar, boshqa-boshqa shaharlarda isyon ko‘tarishdi. Abulmuhsin Mirzo Marvda, Abulma’sum Mirzo Obivardda yong‘in ochdilar. Otga mina olmay- digan chol ota o ‘z nuridiydalari bilan jang qilg‘ali