Asr oshgan asarlar


day, mag‘rur, sekin, pishiq odim otib yurar, shahar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   161
Navoiy romani. Oybek

day, mag‘rur, sekin, pishiq odim otib yurar, shahar
tashqarisida, uzoqda, yorqin shu’lalarda cho‘milgan
ko‘m-ko‘k bog‘lar, xiyobonlar, ekinzorlar orasidan
ko‘zga ilg‘angan y o ‘llarga diqqat bilan tikilib
qo‘yardi...
Kechga yaqin uzoqda dushman otliqlari siyrak,
g ‘ira-shira ko'rinib qoldi. Qo‘rg‘ondagilar o ‘q-yoylari-
ni mahkam ushlab, hayajon bilan bir-birlariga ko‘rsata
boshladilar. Arslonqul bir qo‘li bilan qosh ustini pana
qilib, o ‘shshayib qaradi. Yupqa chang orasidan dam
ko‘rinib, dam g ‘oyib bo‘lgan qandaydir, qo‘g ‘irchoq-
day otliqlami payqadi. Qo‘rg‘on yo‘llaridan pastga
yugurdi. G o‘yo undan boshqa hech kim Navoiyni
ogohlantirishi mumkin emas kabi, olaqaroq bo‘lib,
shoirni qidirdi. Darvozai mulkka yaqin joyda, aftidan,
ish ko‘rgan bir guruh yigitlar bilan qurshalgan
Navoiyni ko‘rib, yugurdi. Faqat yaqinlashgach, nima
1 6 -4 7 3 3
465


to‘g‘risidadir jiddiy gap bo‘layotganini sezib, diqqat
bilan quloq soldi.
— Astroboddagi qo'shin kelib yetguncha, — has-
saga suyalib, sokin gapirardi Navoiy, — biz poy-
taxtning yolg‘iz mudofaa chorasini ko‘rurmiz, biron
yerdan dushmanga yo‘l bermaslik kerak.
Alalxusus, darvozalarni yaxshi saqlamoq kerak.
Badiuzzamon Mirzoning quwatlarini yaxshi sinamas-
dan turib, qo‘rg‘on tashqarisida ro‘y-rost jang qil-
moqni man eturmiz. Tunlarda bedor bo'lmoq lozim.
Xususan, bu kecha mudofi’lardan hech bin bir daqiqa
ko‘z yummasligi shart. Astrboddan qo‘shin kelgach,
Badiuzzamon ikki o ‘t orasida qolib qovurilmaslik
uchun, o ‘zi chekilib ketmoqqa majburiyat sezgay
yoki, aks holda, toru mor bo‘lur.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin