yigitlari shoti qo‘yib chiqqan ekan. Beomon qirg'in bo'lyapti. Shu vaqtda urushuvchilar orasida biri ta- nishdek ko‘rindi. Egilib qarasam, Zayniddin og‘a... Qilichimni sug‘urib, men ham to‘g‘ri kelgan yovni urdim. Ishonmasangiz, mana tig‘imni ko‘ring: qon. Atrofdan yigitlar yetishib, bizga qalqon bo‘lishdi. B o‘lmasa, meni ham, boshqalami ham o ‘ldirardilar. Yov qirildi. Esimni yig‘ib, u yoq-bu yoqqa qarasam, Zayniddin og‘a qonga belanib yotibdi. Yuragim qona- di! So‘zlasam, u kishidan sado chiqmaydi. Asta-asta chetga surib yotqizdim... Dildor ko‘ziga yosh olib, jim bo‘ldi. — Keyin? — xo‘rsinib so‘radi Arslonqul. — Pastda, darvozada Navoiy hazratlari bilan Sultonmurod domlani ikki marta uzoqdan uchratgan edim, — davom etdi Dildor. — Balki, yana uchrab qolishar, deb yugurdim. Y o‘q, topolmadim... Yana boshqa o ‘liklar bilan qo‘shib, biron joyga eltib tashla- masinlar, deb ildam qaytdim. Qanday qilib Zayniddinning jasadi tepasidan chiqqanligini Arslonqul ham aytib berdi. Tongga yaqin arava keldi. Mullabachcha ko‘rpa keltirdi. Jasadni ko‘rpaga o ‘rab, avaylab aravaga sol- dilar. Arslonqul bolalardan xabar olmoq uchun Dildom i tezda uyga jo ‘nashga qistadi, qiyom chog‘ida T a x m in an , b ir qu lo ch q a d ar uzunlik.
472
Zayniddinning uyiga kelib, oilasiga ta’ziya bildirishi kerakligini uqtirdi-da, o ‘zi boshini quyi solib, arava yonida ketdi. Marhumning qari onasi, singlisi va yaqinda bir ko‘p mojarolardan so‘ng uylandigi xotini — shoira, qo‘shiqchi go‘zal ayol — eshikda essiz, hushsiz holda qarshi oldilar.