Husayn Boyqaro bir o‘g ‘ilni bo‘ysundirib yengil
so‘lish olguncha, ikkinchisining ustiga yurish qüishga
majbur bo'lardi. Lekin muttasil safarlar bezdirgan,
charchatgan edi. Bundan tashqari, Astroboddami,
Balxdami, Marvdami, Mashhaddami biron joyda
isyonkor o ‘g‘illarning yoki hali xanjarini yeng uchida
yashirib turgan boshqa bir o ‘g‘ilning isyonini kutar
edi. Navoiy sulh shartlarini ham so‘zlab, o ‘z talabida
qat’iy turgach, podshoh ko‘nishga majbur bo‘ldi.
Qari, bedarmon shoim i qo‘ltiqlab otga mindirdilar.
Quvonchli, minnatdor ko‘zlar bu sulh elchisini, go‘yo
yangi oyning oltin o ‘rog‘ini ilk ko'rib, baxt va salo-
matlik orzu qilganlar kabi, uzoq vaqt kuzatib qoldilar.
Navoiy haftalarcha jang maydoni bo‘lgan dalada
ketardi. Onda-sonda o ‘qlar, uzuq-yuluq ot asboblari
yotardi. 0 ‘tlaming ustida nohaq to‘kilgan qonlar quri-
gan lola bargiday k o ‘zga tashlanardi. Shoir qoshlarini
chimirdi, peshonadagi chiziqlar yana quyuqlashdi:
«Dushman ikki shohdan bir-biriga yaqin va d o ‘st ikki
darvesh yaxshi», deb bir vaqtlar aytgan misralari yodi-
ga tushdi. Ot taqir tepalarga chiqishi bilan pastda
Badiuzzamonning qarorgohi — chodirlar, g ‘ivillagan
odamlar, chopishgan otlar ko‘zga chalindi. Asta
chayqalib, yo‘rg‘aning boshini tortibroq yuraverdi.
Qarorgohga yaqinlasharkan, tanishlar yugurishdi.
Badiuzzamonning ulug'lari ham kelishdi. Shahzoda-
ning hamsuhbatlaridan shoir mavlono Zamoniy ham
qulluq qildi.
—
Mirzoning qoshiga eltinglar meni, — dedi otdan
tushib, nafasini rostlab Navoiy.
Odamlar: «Marhamat, marhamat», deb ehtirom
bilan yo‘l boshladilar. Mana, Badiuzzamon, qari,
Dostları ilə paylaş: |