Abulmuhsin Mirzoga bo‘ysunib, qiziq ishlar qilamiz. Baxting bo‘lsa, ulug‘ kishi bo‘lib ketarsen. — Sen o ‘zing nima bo‘lding? Podshohning buyrug‘idan qo‘rqib, sargandonga o ‘xshaysen. X o‘sh, Muzaffar Mirzo q o‘llab-qo‘ltiqlamadimi? Marvga borib, yaqinda bosilgan isyonni yana ko‘tarmoq- chimisen? Ah, badbaxt! — jirkanib dedi Arslonqul. G'azabdan To‘g‘onbekning kichik ko‘zi yonib ketdi. Qo‘lida kumush dasta qamchi titradi. — Mal’un, sen bu sahroda yirtqichlarga yem bo‘lmoqchisen!— dedi titragan ovoz bilan T o‘g‘onbek. 475
— Ko‘ramiz! — bahodirona qaddini rostlab, dadil gapirdi Arslonqul. — Qilgan zulming uchun men hozir sendan o ‘ch olamen! — Qanday zulm, gapir, it o ‘g‘li! — qamchini ko‘- tardi T o‘g‘onbek. — Kim bilan so‘zlashasen? Had- dingni bil, qulbachcha! — Dildor degan qizni bir vaqtlar olib qochib, kim- larga tortiq qilding? Ko‘z oldimda dehqonlami sava- madingmi? Tovoningdan bo'yninggacha gunoh. To‘g‘onbek yigitning vaziyatida oviga chang sol- moqchi bo'lgan burgutni ko‘rdi. Endi uning achchi- g‘ini yumshatishga qaror qildi: — B o‘htonlama! Yaxshilikcha xayrlash-da, yo'ling- ga ket. 0 ‘ch olmoq unday oson narsa emas. — Gap tamom. Qilichingni sug‘ur, bek. Maydon ko‘rgan odamsen-a! To‘g‘onbek bir nafas atrofga alangladi. Keyin yomon achchiq tiijaydi. Dakkam-dukkam m o‘ylabla- rini chimtib, Arslonqulning qo‘lida yarqiragan qilich- ga nazar tashladi. — Rostmi? — qilichiga qo‘l uzatdi To‘g‘onbek. — Hazilni yomon ko‘ramen, — hansirab javob berdi Arslonqul. Ikkisida ham qalqon yo‘q edi. To‘g‘onbek char-