Asr oshgan asarlar


chagan otini qattiq siltab, keyinga tisladi va chaqqon-



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   161
Navoiy romani. Oybek

chagan otini qattiq siltab, keyinga tisladi va chaqqon-
lik bilan yigitning chap yoniga sakrab o ‘tdi-da,
bo‘ynini m o‘ljallab qilich ko‘targan hamon Arslonqul
kuchli, charchamagan otni bir siltab, oldinga sakratdi.
Bo‘sh ketgan hamlaning zarbidan To‘g‘onbek buk-
chayib, ot yolini ushlab qoldi. Yana otni siltab,
chaqqonlik bilan yigitning orqasiga o ‘tishga tirishdi.
Arslonqul otni nariga sakratib, keyin birdan keskin
burib, go‘yo dushmanni ot bilan yanchgudek, tik otil-
di-da, qattiq zarb bilan To‘g‘onbekning boshiga qilich
soldi. U yerga og‘ir qulab tushdi. Oti hurkib, shataloq
otib qochdi. Arslonqul yerga sakrab, yana bir necha
qilich soldi. Keyin uning qonga belangan gavdasiga
enkaydi. Xanjarini sug‘urib, boshini kesib olib ket-
moqni ko‘zladi. Ammo, naq, kesish oldida, aynib qol-
476


di. Qo‘lini siltab, xanjami qiniga tiqdi. To‘g‘onbek-
ning oltin, kumush va qimmatbaho toshlar bilan
bezalgan qilichi, xanjari, kamarini oldi. Otga minib,
uzoqda dam o ‘t chimtib, dam chiroyli boshini ko‘tarib
tevarakka jovdiragan qizil jiyron tomon yurdi. Bevosh
ot uni ancha ovora qilib, nihoyat, chizimchasi oyoq-
lariga o ‘rashgandan so ‘ng, taslim bo‘ldi.
Arslonqul yo‘Ida tunab, ertasi choshgoh vaqtida
lashkargohga yetib keldi. Yetovdagi otni tanimagan
odam oz edi. Darrov Arslonqulni qurshab oldilar.
Arslonqul otdan tushmasdanoq mojaroni so ‘zlab
berdi. Yigitlar ko‘proq uning o ‘ljasiga havaslandilar.
0 ‘lja otni silab-siypab, har kim o ‘z bilganicha, uning
ta’rifini qila boshladi.
Arslonqul o ‘z to ‘dasi turgan chodirga bordi. Za-
rang tovoqdagi umochni katta qoshiq bilan x o ‘r-xo‘r

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin