Navoiy soqolini serkillatib, ko‘zlarini qisib kuldi. — 0 ‘ljang o ‘zingga qulluq bo‘lsin, — dedi shoir. — Qanday jang qilding, jang qoidasini bilasenmi? — Birinchi navbatda shijoat kerak, — javob berdi Arslonqul, — keyin yo ‘l-yo‘rig‘ini bilish ham katta foyda berarkan. Mana, hozir biz o'ttiz kishi Badiuz- zamonning ellik-oltmish yigitini obdan xirpaladik. — Qanday qilib? — so‘radi Navoiy qiziqib. — Men bir pora yigitlami olib, yovning orqasiga o ‘ta bildim, biz bir bog‘ning devorlarini pana qilib o ‘tdik — ko‘rmay qoldilar. Ikki yoqdan o ‘qni uza- verdik, qani, qo‘zg‘alib ko‘rsin-chi! Xiyla nohaq qon to‘kildi... Achindim... — Badanga chiqqan yomon yarani tabiblar kesib tashlaydilar, — dedi Navoiy. — 0 ‘zga ilojimiz yo‘q. Badanning chirigan joyini kesib, ruhni salomat saqlamoq kerak... Og‘ir kunlarga qoldik, yigit! Badiuzzamon lashkari poytaxtni qirq kun qurshab yotdi. Shahar mudofi’lari qirq kecha-kunduz sabot va g‘ayrat, fidokorlik ko‘rsatdilar. Arslonqul ham biron kun qal’ani tashlamadi... Ba’zan kechalari Dildor kelar, ikkovlari qo‘rg‘on ustida besh darvozali katta shahami asta-asta aylanib chiqardilar. Dushmanning kutilmagan hujumini, qayerda bo‘lmasin, daf etmoqqa tirishardilar. Nihoyat, Astroboddan Husayn Boyqaro qo‘shin surib kelayotgani ma’lum bo‘lgach, Badiuz zamon shahardan uzoqlashib ketdi. Shahar mudofi’larining bir qismi Husayn Boyqaro lashkariga borib qo‘shildi. Bular ichida Arslonqul ham bor edi. Ota, o ‘g‘il o ‘rtasida ochiq dalada to ‘qnashuv- lar davom etdi. Arslonqulni Valibek bir dasta navkar bilan atrofdan qo‘shin uchun yem-xashak yig‘ishga yubordi. Qishloq-