Olib tushing pastga. Bechora Zayniddin. — Jang tomosha emas. Mana, bunday dahshatlari ham bo‘ladi! — dedi Arslonqul xotiniga piching qilib. — 0 ‘zim ham bilurmen... — o ‘pkalanib dedi Dildor. Uchovlari ehtiyot bilan ko‘tarib, choponga yotqiz- dilar-da, qo‘rg‘onning qorong‘i zinalaridan pastga olib tushdilar. Arslonqul bir tanishini arava topib kelishga yubordi. Mullabachcha Zayniddinning uyiga ketdi. — Qani, so‘zlangiz, bahodirim! — dedi Arslonqul Zayniddinning boshida g‘amgin o ‘tirgan xotiniga. — Kecha bir nafas bo‘lsin, uyga kirib chiqmadin- giz, — jiddiy gapira boshladi Dildor. — Shahar qur- shovda qolibdi, degan xabami eshitib, sizdan tashvish- landim, ba’zi vaqtda haddan tashqari o ‘zingizga ishonasiz. Xuftondan keyin uzoqdan vahimali tovush- lar eshitildi. Yuragim hovliqdi. Sira uyqum kelmadi. Kampimi uxlatdim, rahmatli cholning chakmonini kiydim. Qalpoqni bostirib kiyib, sochimni yashirdim. 471
Ha, bundan awal Tangriberdi yasovulnikiga chiqib, uning qizidan siz uchun, deb qilich so‘radim. Yaxshi qilich berdi. Ko‘rdingizmi, buni qarang, yolg‘iz qini qancha turadi? — qilichni ko‘rsatib, davom etdi Dildor. — Qilichni taqib oldim. T o‘g‘ri Qipchoq dar- vozasiga keldim. Bizga yaqin. Siz shu yerda bo‘lsangiz kerak, deb o ‘yladim. Odam qalin. Har kim o ‘zi bilan ovora. Hech kim menga qiyo boqmadi. Yigit — yigit! Qo‘rg‘onga chiqib, aylanib, har uchraganga zimdan bir qarab, qidirdim. Nihoyat, topolmasligimga ishon- dim. Bir vaqt mendan naq ellik-oltmish qari1 narida birdan g‘avg‘o qo‘pdi. Men beixtiyor yugurdim. Yov