Mavzu: Karyerlarni issiqlik kuchi yordamida Shamollatish. Reja



Yüklə 92,12 Kb.
səhifə1/5
tarix19.05.2023
ölçüsü92,12 Kb.
#116762
  1   2   3   4   5
9 ma\'ruza


Mavzu: Karyerlarni issiqlik kuchi yordamida Shamollatish.


Reja:
1. Umumiy ma’lumot.
2. Konvektiv Shamollatish sxemasi.
3. Havo harakati sxemasi.
4. Havo harakatining inversion sxemasi.

Umumiy ma’lumot.
Issiqlik kuchi Karyerlarni Shamollatishda etarli ta’sir qiladi, qachonki, Shamol tezligi yuzasida 2 m/s ga teng bo‘lganda. Tezlik kam bo‘lganda va Karyerda issiqlik qiymati farqiga bog‘liq holda havo oqimini konvektiv va inversionligi aniqlanadi, buni konvektiv yoki inversion Karyerlarni Shamollatish sxemasi deyiladi. Konvektiv sxemasida pastda turuvchi issiqroq havo Yuqoriga ko‘tarila boshlaydi va o‘zi bilan birgalikda zararlilarni ham olib chiqadi. Inversion sxemada sovugan havo qatlami pastga harakatlanadi va o‘zi bilan birga Karyerni chuqur qismiga zararlilarni olib tushadi. Bunda Karyerni amaliyotda Shamollatilishi kuzatilmaydi, birikmalarni pastki bo‘limda yig‘ilishi kuzatiladi, bu esa o‘z navbatida Karyerni to‘xtashiga olib keladi.


Konvektiv Shamollatish sxemasi Karyer bortlarini qizishi oqibatida va yuzadagi Shamol oqimini energiyasi kam bo‘lganda hosil bo‘ladi. Karyerni qizigan borti uning ustida turgan havoni qizdiradi, ular Yuqoriga ko‘tariladi va o‘rniga Yuqoridan sovuq havo massasi tusha boshlaydi. Bunday almashishni sababi bitta gorizontal tekislikda bo‘lgan alohida xajmlarni har xil darajada isishi bilan tushuntiriladi. Bu harakat haqidagi to‘liqroq ma’lumotni Karyerni atmosfera holatiga issiqlik kuchining ta’siri mavzusidan olish mumkin.
Bortlarni umumiy isishi hamma Karyer bo‘yicha havo harakatini keltirib chiqaradi. Karyerni umumiy konvektiv harakatidan tashqari, alohida konvektiv oqimlar kuzatiladi. Bu holat Karyerni yuzasi har-hil rangda bo‘lganligi uchun ularni issiqlik energiyasini har-hil qabul qilib, har-hil isishi va ichki issiqlik har-hil bo‘lishligi bilan tushuntiriladi.
Konvektiv sxemani hosil bo‘lishi Shamol tezligi 0.7-0.8 m/s dan katta bo‘lmaganda boshlanadi, bu yuzadagi Shamol oqimini solishtirma kinetik energiyasiga to‘g‘ri keladi, ya’ni taxminan 0.4 Dj/m3 teng. Shamol oqimi energiyasining kamayishi bilan (Shamol tezligi) konvektiv havo harakati Karyerda kuchayib boradi. Buni fizika qonunlari bo‘yicha quyidagicha tushuntiriladi. YUzada Shamol oqimi energiyasi 0.4 Dj/m3 dan oshganda, Karyerda havo almashishni turbulent jadallashishi rivojlanadi, u shunga yordam beradiki, issiqlik uning yuzasidan atmosferaga o‘tuvchi oxirgisida to‘planmaydi (havo qatlamini qalinligi 1-2 m dan tashqarisi pog‘onalar yuzasiga yondoshuvchi) hamma hajm bo‘yicha Karyer ichidagi havo bo‘shlig‘ida tarqaladi. Buning natijasida issiqlik manbai uning yuzasida bo‘lganidan Karyerni atmosferasi nisbatan bir hil qizdiriladi. Havo temperaturasi bir hil isitganda Karyerni ichki hamma nuqtasidagi bo‘shliqda bir qiymatga o‘zgaradi. Kuzatiladiki, turbulent havo almashishini jadallashishi sharoitida Karyerni yuzasidan issiqlikni kirishi (yuzadagi Shamol oqimini Yuqori energiyasi) Karyerdagi havoni temperatura gradientini chuqurlik bo‘yicha havoni tabiiy qisilishidan o‘zgartirmaydi va adibatik gradientga teng (10S-100 m). Shamol energiyasini kamayishi bilan turbulentlik, havo almashishlik Karyerda kamayadi, buning natijasida issiqlik manbaiga yaqin joylashgan havo qatlami (Karyer yuzasi bo‘yicha) uzoqdagisiga nisbatan kuchli isiydi, shu bilan birga tik temperatura gradienti oshadi, atmosferani kerak bo‘lmas muvozanatiga to‘g‘ri kelgan qiymatidan boshlab oshib boradi (10S, 100 m), bu esa havoni konvektiv oqimi ko‘tarilishi bo‘ladi; Shamollatishning konvektiv sxemasi hosil bo‘ladi.
Yuqorida yozilganlar issiqlik almashish qonuniga to‘liq to‘g‘ri keladi. Issiqlik oqimi q tik o‘q Oz yo‘nalishi bo‘yicha quyidagiga teng.



Yüklə 92,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin