qoqib, jasad ustiga engashdi, to‘sindan yuragi yorilib ketganday, butun gavdasini sovuqlik va alam changal- ladi, ko‘kragiga urib cho'kkaladi: bu Zayniddin edi! Bo‘ynidan va yelkasidan shikast yeb, qonga bo'yalgan do‘stini Arslonqul quchoqladi, keng peshonasidan o ‘pdi. — Kimingiz?— so‘radi mullabachcha yig‘ili tovush bilan. — D o ‘stim, og‘am, yuragim...— kuygan, bo‘g‘il- gan ovoz bilan javob berdi Arslonqul. — Men musiqiyda, shatranjda, xattotlikda bu kishining shogirdimen, — dedi mullabachcha. — Bu yerga siz yotqizdingizmi? — so‘radi Ars lonqul. 470
— Yo‘q, qaysi bir insofli odamning ishi bu. Zayniddin chetda, qo‘rg‘on kungurasi ostida yotar, salom bergan kabi qo‘llari ko‘ksida, sallasi esa yos- tiqcha qilinib, bosh tagiga qo‘yilgan edi. Arslonqul jasadni pastga olib tushmoqchi bo‘ldi. Darrov cho- ponini yechib, yerga yoydi. Keyin bir qo‘lini ikki oyoq tagidan, ikkinchi qo‘lini yelka ostidan o ‘tkazdi. Bo‘yin yarmiga qadar kesilganidan, boshni avaylab tutishni mullabachchaga uqtirdi-da, endi yerdan uzmoqchi bo‘larkan, kimdir uning yoniga cho‘qqayib, hansirab dedi: — Arslonqul, ozor bermang, juda ehtiyot bo‘ling! Arslonqul cho'chib qayrilib qarasa: qalpoqni bos- tirib kiygan, katta en chakmonli, qihch taqqan yigit. — Sen? Dildor? Nima qilib yuribsen? — hovliqdi Arslonqul. Bu yigitning naydek mayin, xush-ohang, ayolcha tovushi mullabachchani ham ajablantirgan edi. Uning haqiqatan ayol ekanini bilgach, hayrati yana oshdi. — Keyin so‘ylasharmiz... — javob berdi Dildor. —