6-rasm 12. Yuk (yuklama) usullari texnikasi va usulga qarshi usullarni



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix20.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#165962
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurash turalri-161-182



161 
3-4-5-6- raqibni hujumchi oyoqqa mindirgan holda qo‘llar 
yordamida uning gavdasini o‘ngga, pastga, yonga, ostiga burab 
yelkasiga uloqtirish. 
 
 
16-rasm 
12.4
Yuk (yuklama) usullari texnikasi va usulga qarshi usullarni 
o‘rgatish
Kurashchi o‘z qulayini olib, raqibni muvozanatdan chiqarib, o‘ziga 
ishonch hosil qilib, raqibini bel qismi bilan oshirib tashlaydigan barcha 
usullar “Yuk” (“Yuklama”) deb nomlanadi
.
13
12.4.1 Beldan oshirib uloqtirish 
 
Raqib oldinga egilgan yoki hujumchi tomonga intilgan paytda bu 
usulni bajarish qulay (17-rasm). 
DH – raqibning olishuvni boshlash holati. Kurashchi bir yonlama 
turadi. Ushlashlar raqibning yaktagi yelkasidan va chap yoki o‘ng 
yengidan. 
13
K.Yusupov. Kurash Xalqaro qoidalari, texnikasi va taktikasi. 2005 y.


162 
1-2- raqibni kuch bilan silkitib tortib, muvozanati oyoq uchlariga 
keltiriladi. 
3- bir vaqtning o‘zida raqibga yaqin qadam qo‘yib, orqa bilan 
burilib, gavdani pasaytirib, mahkam o‘ziga qisib olinadi. 
4-5-6- oldinga egilgan holda raqibni pastdan tos bilan oldinga - 
yuqoriga urib yuborib, yelkalari bilan gilamga uloqtiriladi. 
 
 
17-rasm 
 
12.4.2
Bo‘yindan o‘rab, beldan oshirib uloqtirish 
 
Raqib oldinga egilgan paytda bu usulni bajarish qulay (18-rasm). 
DH – kurashchilarning olishuvni boshlash holati. Ushlashlar 
raqibning chap yoki o‘ng yengidan. 
1-2- bir oyoq bilan raqibga yaqinlashgan holda kuchli siltab tortib, 
muvozanatini oyoqlari uchiga keltirish. 
3-4- siltashni davom ettirib, bo‘sh qo‘l bilan raqibning bo‘ynidan 
o‘rab olib, gavda bilan burilib, raqib gavdasi ostiga kirish. 
5- qo‘llar va tana yordamida gavdani oldinga eggan holda, tos 
bilan oldinga siltab urib, raqibni yelkalari bilan gilamga uloqtirish. 


163 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin