O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILLIALI “PSIXOLOGIYA” FAKULTETI Iqtisodiyot (tarmoq va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 41-21 guruh talabasi Buranova E’zozaning “Statistika” fanidan
Mustaqil ish
MAVZU: Statistik jadval va grafiklar. Bajardi: Buranova.G Qabul qildi: Xudoyarov.R Reja: KIRISH
Asosiy qism
1) Statistik jadvallar to’g’risida tushuncha, turlari va tuzish qoidalari.
2) Statistik grafiklar to’g’risida tushuncha, uning mohiyati.
3) Statistik grafiklarning turlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Statistika jadvallari tarihiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ularni birinchi bo'lib
buyuk rus olimi N.K.Kirilov o'zining iqtisodiystatistik tadqiqoti “Butun Rossiya davlatini gullash darajasi” (1727 y.) asarida qo'llagan. Ayrim manbalarda statistik jadvallarni yaratuvchisi deb Anhsersen (Daniya) hisoblanadi. Lekin uning asari 1747 yilda chop etilgan. Shunday qilib statistik jadvallar XVIII asrda paydo bo'lgan. Statistika (Lotincha: status — "vaziyat") maʼlumotyigʻish, tartiblash, tahlillash, sharhlash va koʻrsatishga bagʻishlangan matematikasohasidir.
Statistika (lot. ctatus — boylik, davlat) turli hodisalar va jarayonlarni miqdoriy hisoblash, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish yoʻli bilan ijtimoiy hayotning umumiy qonuniyatlarini oʻrganadigan ijtimoiy fanlar tarmogʻi. Tor maʼnoda Statistika bironbir hodisa yoki jarayon toʻgʻrisidagi jamlanma maʼlumotlar (koʻrsatkichlar) majmui (toʻplami)ni bildiradi. S. murakkab va sertarmoq fanlar majmuidan iborat boʻlib, ijtimoiy hayotning xilmaxil hodisalarini oʻrganadi va tahlil etadi.
Statistik ma’lumotni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bulsin. Ularni taqdim etishning eng kamida 3 ta usuli mavjud: matnda suz bilan bayon etish, jadval usulida yoki grafiklar orqali tasvirlash.
Ma’lumotlarni so’z bilan matnda bayon etish ko’rinishda yaxshi yo’lga o’xshab tuyilsa ham, ammo subyektning mahoratiga, ma’lumotlarni talqin qilishdagi uziga xoslikka bog’liq. Bundan tashqari, bu holatda ularni har taraflama tushinish, bog’lanishlarni payqash birmuncha og’irlashadi.