Tovar oborotining hajmi bo’yicha do’konlarni guruhlash(2-jadval) 2. Jadvalda (guruhiy) juda qiziq ma'lumotlar keltirilgan, ya'ni tovar oboroti va muomala xarajatlarining mutlaq hajmi o'rtasida to'g'ri chiziqli bog'lanish, tovar oborotining mutlaq hajmi va muomala harajatlarining nisbiy darajasi o'rtasida teskari bog'lanish mavjudligi aniqlangan. Bu aloqalar statistikada juft aloqalar (bu masalalar keyingi mavzularda juda keng yoritiladi) deyiladi, ya'ni bir omilning natijaga ta'siri o'rganiladi.
2) Statistik grafiklar to’g’risida tushuncha, uning mohiyati.
Grafiklar zamonaviy statistikaning ilmiy o'rganish qurollaridan biri hisoblanadi
Ingliz iqtisodchisi U.Pleyf 1786 yilda chop qilgan «Tijorat va siyosiy atlas (Kommercheskiy i politicheskiy atlas)» asarida birinchi bo'lib statistik ma'lumotlarni grafiklarda tasvirlanishiga asos solgan olimlardandir.
Grafiklar o'quvchining diqqatini o'ziga tez jalb etish bilan birga ma'lumotlarni esda saqlash va tasavvur qilishga zamin yaratadi. Ular ko'rish va tushunish qiyin bo'lgan ayrim qonuniyatlarni aniqlashda va tasvirlashda muhim o'rin egallaydi. O'quvchi uchun grafik tasvir orqali statistik ko'rsatkichlarni tushunish va o'rganish statistik jadvallardan ko'ra ancha qulaydir: miqdoriy ko'rinishga nisbatan grafikda tasvir taassuroti yuqori bo'ladi; statistik kuzatuv natijalari tezroq va osonroq tushuniladi hamda umumlashtiriladi; hodisa va jaryonlarning o'zaro bog'liqligi va ularni vaqt bo'yicha o'zgarishi yaqqol ko'rinib turadi, statistik-iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash va aniqlangan qonuniyatlarni ko'rish va tekshirish imkoniyati tug'iladi.
Statistik grafiklar - bu raqamli miqdorlar va ularning nisbatini nuqta, chiziq, figura va boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir.
Statistik grafiklarni tuzishda va ifodalashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim. Statistik ko'rsatkichlarning mohiyatini, makon va zamonda o'zgarishini, shuningdek boshqa belgilarini e'tiborga olgan holda ko'ra bilish, tasavvur qilish, tushunish, mavjud qonuniyatlarni aniqlash qulay bo'lgan grafiklar yasalishi lozim. Yuqoridagi talablarni bajarish uchun grafik tasvirda quyidagi asosiy elementlar qatnashadi: grafik obraz, grafik maydon; grafik maydon o'lchov birliklari; masshtab; shkala; grafik talqin.
Grafik tasvir bu statistik ma'lumotlar ifodalanadigan nuqta, chizik va
figuralar to'plamidan iborat geometrik belgilardir. Grafik maydon - grafikni hosil qiluvchi geometrik belgilar joylashtiriladigan maydondir. Grafik maydon o'z vazifasiga qarab aniq o'lchamlarga (formatga), ya'ni kattalik va tomonlar nisbatiga ega bo'ladi.
Maydon o'lchovlari - grafik tasvir joylashtiriladigan maydonning koordinatalar tizimi, ya'ni grafik maydonning o'lchovini ifodalovchi to'r. Amaliyotda keng qo'llaniladigan koordinatalar tizimi bu to'g'ri chiziqli koordinata tizimidir .(3-rasm) Uning asosan I choragidan, ba'zan barcha choraklaridan statistika grafiklarini tasvirlashda foydalaniladi. Grafiklarni tasvirlashda qutbli koordinata tizimidan ham foydalaniladi.(4-rasm) Ular vaqt bo'yicha tsiklik (davriy) o'zgarishlarni tasvirlashda muhimdir. To'g'ri chiziqli koordinata tizimida maydon o'lchovlari vertikal va gorizontal o'qlarda (ordinata va abtsissa o'qlari) ifodalansa, qutbli koordinata tizimida esa markazdan chiqqan nur (asosan o'ng tomondagi gorizontal nur), ya'ni koordinata o'qi va unga nisbatan nur burchagi o'lchovlarida ifodalanadi. Statistika xaritasini tasvirlashda esa o'lchovlar kontur to'r (daryo, dengiz, okean va mamlakat chegaralari konturi) shaklidagi chegaralarda turli xil rang yoki gemetrik belgilar orqali ifodalanadi.
Masshtab (miqyos) - bu raqamli ko'rsatkichlarning grafikda aks ettirilgan o'lchamidir. U statistik grafiklarda raqamlar bilan ifodalangan ko'rsatkichlarni grafik maydonda tasviriy nisbatlarga aylantiradi.
Grafik masshtabini belgilashda shkala muhim ahamiyatga ega. Shkala deganda aniq raqamlar kabi o'qilishi mumkin bo'lgan, nuqtalar bilan ajratilgan chiziq tushuniladi. Shkala quyidagi uch unsurdan iborat: shkala tayanchi, shkala raqamlari, shkala nuqtalar (5-rasm).