171
3-4- gavda bilan harakatni davom ettirib, raqib e’tiborini jalb qilish
va chap oyoqni, raqibning chap oyog‘i yoniga qo‘yish.
5-6- raqibni qo‘llar yordamida aylana
shaklida oldinga - pastga,
yonga aylantirib yelkasi bilan gilamga uloqtirish.
26-rasm
12.7.2 Orqadan yonbosh
Raqib tik turib orqaga siljiyotgan yoki o‘ziga tortayotgan vaqtida
paytda bu usulni bajarish qulay (27-rasm).
DH – kurashchilarning olishuvni boshlash holati. Ushlashlar
raqibining yengi va yoqasidan.
1-2- o‘ng oyoq bilan raqib yonidan orqasiga qarab qadam qo‘yib,
raqibni tayanch nuqtasini chap tovonining tashqari qismiga o‘tkazishga
majbur qilish.
3- qo‘llar va gavda harakati bilan raqibni yiqilishga majburlagan
holda chap oyoqni raqibning chap yoki o‘ng oyog‘i orqasidan ko‘tarish.
4-5-6- qo‘llar bilan gavdani aylana bo‘yicha pastga - yonga burib,
raqibni yelkalari bilan gilamga uloqtirish.