169
4-5-6- orqaga qayishishni davom ettirib, raqibni o‘ziga qisgan
holda oyoqlarini gilamdan uzish, orqaga yiqila boshlab, raqibni yelkalari
bilan gilamga tashlash bilan burilish.
24-rasm
12.6.2 Oyoq ustidan oshirib orqaga yiqitish
Raqib o‘ziga tortayotgan yoki orqaga siljiyotgan paytda
bu usulni
bajarish qulay (25-rasm).
DH – kurashchilar har xil holatda turadilar. Ushlashlar raqib
yaktagining yelka qismi va yoqaning qaytarmasidan.
1- tayanch oyog‘i
bilan raqibga yaqinlashib, hujumdagi oyoq
tomonga qarab raqibning muvozanatini yo‘naltirish.
2-3- raqib muvozanatini hujumdagi oyog‘ingiz tomonga yo‘naltira
borib, biroz qayishgan holda hujumchi oyoqni raqib oyog‘i
orqasiga
o‘tkazib uni gilamga qo‘ymaslik.
4-5-6- yon tomonga raqib bilan birga yiqila borib,
raqib yelkalari
bilan gilamga bosiladi va bir paytning o‘ziga raqib tomonga gavda,
ko‘krak bilan buriladi.