BASKETBOL O’YIN TAKTIKASI ASOSLARI
Reja
3.1. Asosiy tushunchalarning ta’rifi
3.2. Taktika tasnifi
3.3. Hujum taktikasi
3.4. Yakka (individual) harakatlar
3.5. Guruhli harakatlar
3.6. Jamoa harakatlari
3.7. Shaxsiy pressingga qarshi hujum
3.8. Himoya taktikasi
3.9. Yakka harakatlar
3.10. Guruh harakatlari
3.11. Jamoa harakatlari
3.1. Asosiy tushunchalarning ta’rifi
Taktika – bu sport kurashi olib borishning usul va ko’rinishlarini, tadbirlarini o’yinning rivojlanish qonuniyatlarini va aniq raqibga qarshi ularni ratsiyonal qo’llashni amaliy va nazariy jihatdan o’rganadigan bo’limdir.
Taktik tayyorgarlik avvalo har xil ko’rinishdagi kombinatsiyalarni o’rganishni taqoza etadi. Kombinatsiya deganda, basketbolchilardan birining savatga hujum qilish uchun sharoit yaratishga yo’naltirilgan, aniq sistema chegarasida guruh yoki jamoaning hamma o’yinchilari tomonidan ilgaridan o’rganilgan va o’zaro kelishilgan harakatlar tushuniladi. Bundan tashqari kombinatsiya, tipovoy o’zaro harakatlar, ularning uyg’unligi va yig’ilgan musobaqa tajribalari asosida o’yinchilar tomonidan ijodiy tuzilgan va amalga oshirilgan bo’lishi mumk.
Basketbol taktikasi o’yinini olib borishda qo’llanadigan juda ko’p vositalarga, usullarga va sistemalarga boydir. Jamoalar hujumni yoki himoyani yakka, guruhli va jamoa taktik harakatlari yordamida uyushtiradilar.
Dostları ilə paylaş: |