3.3. Hujum taktikasi
To’pni egallagan jamoa hujum qiluvchi jamoa bo’lib hisoblanadi. Hujum qilish jamoaning o’yindagi asosiy vazifasidir. Hujum harakatlari yordamida jamoa tashabbuskorlikni qo’lga kiritadi va raqibni o’ziga bo’lgan taktik reja qabul qiishga majbur qiladi. Hujum qiluvchi jamoaning bosh maqsadi raqib savatiga to’p tashlashdir. 30 soniya ichida bunga erishish uchun uyushtirilgan ilgaridan o’ylab qo’yilgan va to’pni raqib shchitiga yaqinlashtirishga mo’ljallangan yaxshi tayyorlangan yo’llardan, hujumni bevosita o’tkazish va shchitdan qaytgan to’p uchun kurash imkoniyatini taminlash uchun, shu yakunlovchi kurash uchun qulay sharoitlar tuzishdan foydalanish kerak. Hujum taktikasi, jamoani aniq raqibga qarshi va musobaqaning har xil vaziyatlarida muntazam hujum olib borishning maqsadga muvofiqroq tadbir, usul va formalarini tanlab olish va ulardan foydalanishga imkon beradi. Hujum qilishning hamma harakatlari o’zining xarakteriga qarab yakka (individual) va jamoali hujumga bo’linadi. Taktika tasnifiga muvofiq harakatlar guruhli va jamoaliga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: |