3.2. Taktika tasnifi
O’yinning asosiy mazmuniga muvofiq taktika hujum va himoya taktikasiga bo’linadi. Uning har bir bo’limi o’yinchilari harakatini tashkil qilish prinsipiga qarab yakka, guruhli va jamoaliga bo’linadi. O’z navbatida, har bir guruh o’yinni olib borish ko’rinishini hisobga olib, ko’rinishlarga bo’linadi (masalan, yakka harakatlar, hujum davomida o’yinchilarning to’psiz harakati va o’yinchining to’p bilan harakati ham bo’lishi mumkin). O’yin harakatlarining aniq mazmuniga qarab ko’rinishlar usullarga bo’linadi. Bajarishning har xil xususiyatlarga ega bo’lgan usullar variantlarning paydo bo’lishiga sabab bo’lishadi. Masalan, markaziy o’yinchi orqali hujum qilish sistemasi pozitsion hujum qilish usullaridan biri hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida tayangan markaziy o’yinchilar sonini hisobga olib, bu sistema uchta variantga ega bo’lishi mumkin: bitta markaziy o’yinchi orqali, ikkita va uchta markaziy o’yinchilar orqali hujum qilish.
Dostları ilə paylaş: |