To’pni yerga urib yurish. Bu to’pli basketbolchining asosiy yakka joydan joyga ko’chish vositasi bo’lib hisoblanadi. O’yinning o’zgaruvchan vaziyatini kuzata bilish to’pni yerga urib yurushda katta ahamiyatga ega.
Savatga to’p otish. Bu katta mas’uliyat bilan bajariladi, chunki to’p savatga tushmasa, uni raqib egallab olishi mumkin. Basketbolchi har gal savatga to’p otishdan avval o’zining va raqib jamoa basketbolchilarining maydonda joylashishini, shchitga nisbatan o’zining pozisiyasini hisobga olishi, qulay holatni egallashi lozim.