O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS VAZIRLIGI QARSH MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
“JISMONIY TARBIYA” KAFEDRASI
Jismoniy tarbiya fanidan Ma’ruza matni Basketbol. To’pni har xil usulda savatga tashlash texnikasini o’rgatish.
Mavzu: Basketbol. To’pni har xil usulda savatga tashlash texnikasini o’rgatish.
To’p otishni bajarishga tayyorlanish jamoa hujumidagi asosiy mazmunni tashkil etadi, halqaga tushirish esa – uning bosh maqsadidir. Bellashuvda muvaffaqiyatli qatnashish uchun har bir basketbolchi faqatgina uzatish, tutib olish va to’pni olib yurishni qo’llashni bilishi emas, balki har xil holatlardan, raqib qarshiligiga qaramay istalgan masofadan to’p otishni bajarishi, halqaga aniq hujum qilishi kerak. O’yinchining o’zgarayotgan vaziyatni va hujum uchun har bir qulay vaqtdan foydalanishga harakat qilish, o’yinchining shaxsiy iste’dodi va xususiyatlarini hisobga olgan holda, otishning usullarini har xil ko’rinishdagi arsenalini egallash kerakligi aniqlaydi. Savatga otishning aniqligi birinchi navbatda oqilona texnika, harakatlar turg’unligi va ularni boshqarish, muskullarning kuchlanishi va bo’shashtirilishi to’g’ri almashishi, qo’l panjalarining kuchi va harakatchanligi, ularning yakunlovchi kuchlanishi bilan shuningfek, to’pning optimal uchish trayektoriyasi va aylanishi bilan aniqlanadi.
Ko’krakdan ikki qo’llab to’pni otishdan ko’proq uzoq masofalardan savatga hujum qilish uchun foydalaniladi. Agar himoyachi faol qarshilik qilyotgan bo’lsa, otishning usulini shug’ullanuvchilar tezroq o’zlashtiradi, modomiki unung tuzilishi to’pni o’sha usul bilan uzatishning tuzilishiga yaqin.
Yuqoridan ikki qo’llab to’p otishni raqibning ta’qibi kuchli bo’lganda o’rtacha masofalardan bajarish maqsadga muvofiq (14-rasm).
14-rasm. Yuqoridan ikki qo’llab to’p otish.
15-rasm. Bir joyda turib yelkadan bir qo’llab to’p tashlash.