Elektr sxemalar misolida uzgichlarning joylashishini o’rganish
Elektr sxemalar misolida uzgichlarning joylashishini o’rganish
Elektr energiyasini energiyaning boshqa turiga o‘zgartirib beruvchi barcha uskuna, asbob va qurilmalarga elektr iste'molchilar deyiladi. Masalan, elektr dvigatel elektr energiyasini mexanik energiyaga, elektr lampochka — yoritish energiyasiga, dazmol — issiqlik eneigiyasiga aylantirib beradi. Elektr iste'molchilar kuchlanishi, fazalar soni va boshqa kattaliklari bilan bir-biridan farq qiladi. Iste’molchilar uchta rejimda ishlaydi. Bu rejim dvigatelning yoki boshqa qurilmaning me’yoriy haroratiga qarab belgilanadi. Ish jarayonida elektr uskuna va qurilmalarning harorati me’yordan oshmagan holda ulami ishlab chiqargan zavod tomonidan belgilangan ishlash muddati ta'minlanadi. Shu asosda qurilmalarning ish rejimi aniqlanadi. 1 . Uzoq muddat to‘xtamay ishlaydigan dvigatellar. Ularning ishlash rejimi atrof-muhitga ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori bilan belgilanadi. 8.1- rasmda ko‘rsatilgan egri chiziq shu dvigatel ishini ko‘rsatadi. Dvigatel ishga tushgandan so‘ng ma’lum vaqt o'tgach, undan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori atrof-muhitga uzatilayotgan issiqlik miqdoriga tenglashadi va dvigatelning harorati uzoq muddat, 2—3 smena davomida (14 soat) o‘zgarmaydi. Dvigatelning o‘zgarmas haroratini pasaytirish maqsadida uning atrof-muhit bilan to‘qnashuvchi korpusi yuzasini kengaytirish lozim bo‘ladi. 2. To‘xtab-to‘xtab ishlaydigan dvigatellar. Bu rejimda ishlaydigan dvigatellarga tokarlik dastgohi sovitgichini misol qilib keltirish mumkin. Bunday dvigatel ma’lum vaqt ishlaydi, keyin tarm oqdan avtomatik tarzda uziladi va t2 vaqtdan keyin qayta ulanadi. 8.2- rasmda bu dvigatelning ishlash rejimi (a) va haroratining o‘zgarishi egri chizig‘i (b) ko‘rsatilgan. Bu rejimda ishlaydigan dvigatellaming pasportida ularni 90 www.ziyouz.com kutubxonasi 8.2- rasm. qo'shimcha xarakterlovchi kattalik — qayta ulanish vaqti foiz hisobida ko‘rsatiladi va dvigatelni tanlashda hisobga olinadi: PV,%, = — . h + h Dvigatelning nominal quwati bunda — dvigatelning ishlash vaqti, t2 — dvigatelning tarmoqdan uzilgan vaqti, PN — dvigatelning pasportda ko‘rsatilgan quwati. 3. Qisqa muddatli rejimda ishlaydigan dvigatellar. Bir sutka davomida bir yoki yarim soatgina ishlaydigan uskuna va mexanizmlar shular jumlasidandir. Masalan, kemalarni o‘tkazib yuborish uchun ko‘prikni ajratadigan uskuna. Bu rejimda ishlovchi iste’molchilarning ishlash vaqti sovitilish vaqtidan ancha qisqa. Umumsanoat iste'molchilari ham mavjud. Bu iste’molchilarga kompressorlar, ventilatorlar, nasoslar va ko‘tarib tashuvchi mexanizmlar kiradi. Bu mexanizmlaming ishlash rejimi sanoatning qay sohasidan qat’i nazar bir xil va quwati 0,22 dan 1000 kW gacha bo‘lib, 1- tur (kategoriya)ga kiradi. Masalan, agar nasosning ishi ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog'liq bo‘lsa, elektr ta ’minotidan uzilishi katta talafotlarga olib kelishi mumkin. Ko‘pincha texnologik rejim katta bosimli havo bilan bog‘liq bo‘ladi va hokazo. 2- tur dvigatellar — mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bevosita bog‘liq 1- tipli iste’molchilar. Masalan, n dona ip yigiruvchi dastgohlar. 91 www.ziyouz.com kutubxonasi Elektr energiyasini iste’mol qilish nuqtayi nazaridan elektr iste’molchilar quyidagi guruhlarga boiinadi: a) elektr yuritmalar. Elektr energiyasini elektr dvigatellar orqali mexanik eneigiyaga o'zgartiradi, turli dastgohlarda ishlatiladi. Bu xil iste'molchilar eng katta guruhni tashkil etadi; b) yoritish uskunalari. Ko‘pincha bir fazali iste'molchi bo‘lib, elektr energiyasi yoritish energiyasiga aylantiriladi. Umuman olganda yoritish uchun umumiy quwatning 10— 15% i sarflanadi; d) elektrotermik yoki termik uskunalar. Elektr energiyasi issiqlik energiyasiga o'zgartiriladi. Bunday iste’molchilarga elektrotexnik po‘latning eng sifatli ko‘rinishlarini ishlab chiqaruvchi elektrotermik uskunalar kiradi; e) elektrotexnologik uskunalar. Elektr energiyasi bevosita ishlab chiqarish texnologiyalarida ishlatiladi. Masalan, elektrolit uskunalari, elektr payvandlash, chigitni saralash va hokazo. Har bir iste’molchining smena, sutka, kvartal va yil davomidagi iste’mol qilgan quvvati grafiklari olinadi. Bu grafiklar elektr iste’molini hisoblash, iste'molchi va tarmoq o ‘rtasidagi oldi-sotdi munosabatlari va elektrotexnik uskunalami tanlashda katta ahamiyatga ega. Har bir ishlab chiqarishning o‘ziga xos iste'mol grafigi mavjud va bu grafiklar ma'lumotnomalarda ko‘rsatiladi. Shuni ta'kidlab o‘tish kerakki, ma'lumotnomalarda keltirilgan grafiklar Rossiya obhavosiga moslangan. Iste'mol grafiklari o‘lchash asboblari yordamida aniqlab olinadi. Ikki xil o‘lchash asbobi bor. Birinchisi iste’molni uzluksiz o‘lchaydigan asbob. Elektr o‘lchash asbobining bu turi bilan olingan iste'mol grafigi 8.3- rasmda, elektr hisoblagichidan olingan ma'lumot asosida tuzilgan iste'mol grafigi 8.4- rasmda ko'rsatilgan. Ko‘rinib turibdiki, 8.3- rasmdagi grafik aniqligi yuqori, chunki har bir nuqtaning iste’moli o'lchanadi. 8.4- rasmda ko'rsatilgan grafikda esa umumiy iste'mol oddiy yig‘indi asosida aniqlangan. Ikkinchi usul aniqligi uncha yuqori bo‘lmasa ham oddiy. Ko‘pincha aynan ana shu usul muhandislik hisoblarida qo'llanadi. Elektr iste'mol grafiklari har bir iste'molchi uchun, bir guruh uchun, bir xil xossali iste'molchilar uchun, butun korxona uchun olinishi mumkin. Amalda grafik bir kvartal 92 www.ziyouz.com kutubxonasi yoki yil uchun olinadi. Shu asosda korxona va tarmoq orasida hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Elektr iste'molchilarning ishonchlilik darajasi. Barcha iste'molchilar elektr bilan ta'minlashning uzluksizligi bo‘- yicha uchta ishonchlilik darajasiga bo'linadi: LB irinchi darajali iste'm olchilar jumlasiga elektr iste’moli uzilganda odamlarning hayotiga xavf tug‘diruvchi, ishlab chiqarish texnologiyasi uzoq muddatga buzilib, katta miqdorda iqtisodiy zarar keltiruvchi iste’molchilar kiradi. 2. Ikkinchi darajali iste’molchi deb, elektr iste'moli uzilganda ishlab chiqarish mahsulotlarining katta miqdori buzilishiga olib keladigan iste’molchilaiga aytiladi. 3. Uchinchi darajali iste'molchilar jumlasiga birinchi va ikkinchi darajali iste'molchilarga kirmaydigan iste’- molchilar kiradi. 8.2. Elektr yuklama (nagruzka) va elektr energiya sarfini hisoblash Elektr energiya iste'moli ko‘pincha „elektr yuklama“ yoki „yuklama“ tushunchasi bilan yuritiladi. Sanoat korxonalarini loyihalashda yuklamani hisoblash katta ahamiyatga ega, chunki aynan shu kattalik asosida barcha elektrotexnik asbob-uskunalar, EUL (elektr uzatish liniyasi) podstansiyalar transformatorlarining quwati, kommutatsion qurilmalar va hokazolar tanlanadi, demak, kapital mablag‘ning qiymati aniqlanadi. Hozirgi vaqtda hisobiy yuklamani aniqlash usullari ko‘p. Hisobiy yuklamani aniqlashning qator usullarini ko‘rib chiqamiz. 93 www.ziyouz.com kutubxonasi Yuklamaning solishtirma quvvat zichligi usuli. Elektr ta’minotini loyihalashning dastlabki bosqichida, yuklamaning taxminiy qimmatini aniqlashda bu usuldan foydalaniladi. Bu usul bo‘yicha har bir sexning yuzasini F (m 2) bilgan holda, har bir sohaning solishtirma quwatini maMumotnomalardan olib, butun korxona sexlarining taxminiy quwatini aniqlaymiz. Ishlab chiqariladigan mahsulotga sarflanadigan quwat asosida ham butun korxona yoki sexning umumiy quwatini aniqlash mumkin. Masalan, bir juft poyabzal (ko'rinishiga qarab) ishlab chiqarish uchun A = A Q- My elektr energiya sarflandi deylik, bu raqam maMumotnomalarda beriladi. Shunga asoslanib, bir yil davomida sarflanadigan elektr energiya hisoblanadi. Bu formulada: My — bir yilda ishlab chiqariladigan mahsulot. Agar korxona ikki-uch xil mahsulot ishlab chiqarsa, ulaming yig‘indisi olinadi. Butun korxonaning elektr energiya iste’moli: = ^01 ' ^ l y + ^02 ’ ^ 2 y + ' ^ l y + ^02 ’ ^ 2 y ) ’ 0 ,0 1 . Bu ifodaning ikkinchi tashkil qiluvchisi elektr ta’minlash tarmog‘i isrofmi hisobga oladi. Bu ham taxminiy hisoblash usulidir va faqat loyihalashtirishning dastlabki bosqichlarida qo‘llaniladi. Bir fazali iste’molchilar asosan yoritish asboblari bo‘lib, tok fazalararo taqsimlanadi. Taqsimlashda har bir fazadagi yuklamaning bir-biridan farqi 15 % dan oshmasligi shart. Sanoat korxonalarida yoritish yuklamasi umumiy yuklamaning 7—15% ini tashkil etadi. 8.3. Elektr ta'minoti sxemalari Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti sxemasi shartli ravishda ichki elektr ta'minot va tashqi elektr ta'minot sxemalariga boMinadi. Taqsimlash yoki mahalliy elektr tarmoqlariga sanoat korxonalarining tashqi elektr ta’minoti sxemasi sifatida qaraladi. Sanoat korxonasi quriladigan joy maMurn boMgandan keyin uning tashqi ta’minot sxemasi tanlanadi. Tashqi elektr ta'minot sxemalarining uch ko‘rinishi mavjud: 1. Korxona hududida 35/6 yoki 35/10 kVli pasaytiruvchi podstansiya qurish va korxonaning ichki hududida elektr 94 www.ziyouz.com kutubxonasi 1 — nasoslar, 2 — 2- sex, 3 — 3- sex, 4 —kompressorlar, 5— m a’muriy bino, 6— asosiy ishlab chiqarish binosi, 7 — elektr tarm og'iga qarashli podstansiya. energiyasini sexlar va bo'limlarga 6 yoki 10 kV li kuchlanishda taqsimlash. 2. Korxona hududida 6 yoki 10 kV li taqsimlash uskunasini qurish, sexlar va bo‘linmalarga elektr energiyasini 6 yoki 10 kV li kuchlanishda uzatish. 3. Tarmoq 35/6 yoki 35/10 kV li pasaytiruvchi podstansiyadan kabel EULni bevosita sex 6/0,4 yoki 10/0,4 kV li pasaytiruvchi podstansiyalar bilan bog‘lash. Ana shu elektr ta'minot sxemasini ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, 8.5- rasmda sanoat korxonasi va tarmoq podstansiyasi, ya’ni elektr tarmoqlar boshqarmasiga qarashli 35/10 yoki 35/6 kV kuchlanishli podstansiya berilgan. Korxonaning elektr ta’minoti tizimini (ETT) loyihalashtirish kerak. Har bir sex yoki boMinma va butun korxonaning elektr yuklamasi (nagruzkasi) jadvaldan aniqlanadi. Loyihalashtirishning birinchi bosqichida tashqi elektr ta’minoti tanlanadi. Yuqorida ko‘rsatganimizdek, bu masala uch variantda yechilishi mumkin. Shuni hisobga olish kerakki, transformatorlarning isrofi uning pasport kattaliklariga bog‘- liq bo‘lsa, havo yoki kabel EULning isrofi uning masofasiga va kuchlanishiga bog‘liq: a ," e u l 95 www.ziyouz.com kutubxonasi Faraz qilaylik, tarmoq podstansiyadan BPPgacha birinchi variant sifatida 35 kV li EUL, ikkinchi variantda 10 kV li EUL qurishni mo‘ljallasak, birinchi variantda ikkinchi variantga nisbatan isrof keskin kamayadi, chunki yuqoridagi formula maxrajida IP-H = 352= 1225, ikkinchi variant maxrajida LPh = 102= 100. Demak, isrof 1,225 marotaba kam boMadi. Lekin kapital xarajat ko'payadi, chunki 35 kV li EUL transformatorlari va kommutatsion apparatlari 10 kV liga nisbatan ancha qimmat. Shuning uchun tarmoq podstansiyasi va BPP orasidagi masofa, korxonaning umumiy quwati va hokazolami nazarga olib ikkala variant hisoblanadi hamda elektr tarmoqlarda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkich!arni hisoblash asosida istalgan variant qabul qilinadi. Agar birinchi variant qabul qilinsa, yuklamalar markazida 35/0 yoki 36/6 kV li pasaytiruvchi podstansiya qurilishi lozim. Sex va bo‘linmalargacha kabel EUL 10 yoki 5 kV li bo‘ladi. Agar ikkinchi variant qabul qilinsa, korxonaning ichki sxemasi quyidagicha bo‘lishi mumkin: 1. Yuklanmalar markazida 10/0,4 yoki 6/0,4 kV li podstansiya quriladi. Barcha sex va bo‘limlar 0,4 kV kabel EUL orqali elektr bilan ta'minlanadi. Ushbu variant arzon bo‘lsa ham korxonaning ichki EULda isrof ancha katta bo‘ladi. 2. Yuklanmalar markazida 10 kV li taqsimlash uskunasi quriladi. Barcha sex va bo'limlar 10 yoki 6 kV li EUL orqali elektr bilan ta'minlanadi. Har ikki yoki uchta sex yoki bo‘linma uchun bitta 10/0,4 yoki 10/0,6 kV li podstansiya quriladi. Korxonaning ichki elektr ta’minotining kuchlanishidan 96 www.ziyouz.com kutubxonasi qat’i nazar BPP, taqsimlash uskunasi, sex va bo‘linmalar radial yoki magistral sxemada qurilishi mumkin. Radial sxema bo‘yicha barcha sex yoki bo‘linma podstansiyalari BPP yoki taqsimlash uskunasidan alohida kabel EULorqali elektrbilan ta'm inlanadi. Magistral sxemada sex yoki bo‘linm a podstansiyalari ketma-ket ulanadi. 8.6- rasmdaTPl, TP2, TP3, TP4 magistral sxema bo‘yicha elektr bilan ta ’minlash ko‘rsatilgan. TP5 magistral sxemani kiritish befoyda, chunki bu holda kabel EUL ning uzunligi oshadi. Vaholanki, magis7 — M. T. Turdiyev 97 www.ziyouz.com kutubxonasi tral sxemani qo‘llashdan asosiy maqsad korxonaning ichki elektr ta'minotida kabel EUL ning uzunligini iloji boricha kamaytirish, ya'ni tejashdir. Magistral sxema qo‘llanilganda butun elektr ta’minoti tarmoqlaming ishonchliligini kamaytirmasligi kerak. Shuning uchun iste’molchilar yuqori ishonchlilikni talab qilganda, elektr ta’minot tizimi 8.7- rasmda ko‘rsatilganday radial sxemada bajariladi. 8.8- rasmda elektr ta’minot tizimining magistral bir liniyali sxemasi ko‘rsatilgan. 8.4. Elektr ta'minoti tizimining texnikiqtisodiy ko‘rsatkichlari Hozirgi bozor iqtisodiyoti tobora rivojlanib borayotgan vaqtda iqtisodiy ko‘rsatkichlar katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy ko‘rsatkichlami chuqur o‘rganish talab etiladi. Elektroenergetikada iqtisodiyotning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar: 1. Kapital mablag', K bilan belgilanadi. Davlat va boshqa muassasalar, xorijiy banklar va shaxsiy mablag‘lar hisobidan shakllanuvchi mablag' bo‘lib, inshootlar, ya’ni elektr uzatish liniyalari, stansiya, podstansiya va boshqa elektroenergetika inshootlari qurilishiga sarflanadi. 2. 1 k W ■ soat elektr ene rgiyasining narxi, p bilan belgilanadi. 3. Elektr tarmoqdan yil davomida foydalanishning umumiy xarajatlari, /bilan belgilanadi. 4. Elektr energiyasi tannarxi, po bilan belgilanadi. 5. Ziyon. Elektr bilan ta ’minlash uzilganda sanoat korxonasi ko‘rgan ziyon, U bilan belgilanadi. 6. Elektr stansiya, EUL, podstansiyalar xarajatlarining sof daramad hisobidan qoplanadigan vaqt, TQ bilan belgilanadi. Elektr sistemaning kapital mablag'i uning tashkil qiluvchilari, ya’ni elektr stansiya, podstansiya, EUL ning kapital mablag‘laridan iborat. ^eksist ^el.st ~^~ ^p.st ~^~ ^EUL ~^~ ^taqs. uskun Ko‘pincha, taqsimlash uskunalari deganimizda elektr podstansiya tushuniladi. Lekin, ayrim hollarda taqsimlash uskunalari alohida quriladi. 98 www.ziyouz.com kutubxonasi Elektr sistema inshootlaridan yil davomida foydalanish xarajatlari (oKcruiyaTauHOHHbiM pacxojtH). Bu kattalik quyidagi tashkil qiluvchilardan iborat: / / = / / , + H2 + AH, bunda H{ — inshootdan foydalanishdagi xarajatlar, ya’ni joriy ta'mirlash va xizmatchilarning maoshi, H2 — renovasion xarajatlar, ya’ni fizika va ma’naviy jihatdan eskiigan uskunalarni almashtirish uchun sarflanadigan xarajatlar: Ht = a0 ■ K, bunda: a0 — maMumotnomalardan olinadigan koeffltsiyent, K — kapital mablag‘. Hali foydalansa bo‘ladigan, lekin texnik ko‘rsatkichlari iqtisodiy talablarga javob bermaydigan asbob-uskunalar ma'naviy eskirgan deyiladi. Fizik jihatdan eskirganlari foydalanib bo‘lmaydigan uskunalardir: H2=a, ■ K, bunda o, — ma'lumotnomalardan olinadigan koeffitsiyent. Elektr tarmoq isrofining qiymati: AH= AA ■ p,, bunda AA — elektr tarmoqda, ya’ni elektr uzatish liniyalarida va transformatorda isrof bo‘lgan elektr eneigiya miqdori, Pj — 1 kW • soat elektr energiyasi miqdori. Transformatorlarda va elektr uzatish liniyalaridagi elektr energiyasi isrofming ifodasini awalgi boblarda tahlil qilgan edik. Ikki va undan ortiq elektr tarmoq yoki sanoat korxonasining elektr ta’minot tizimini tuzish variantlari orasida, yuqorida ko‘rib chiqqan sxemalar asosida, eng arzoni quyidagi ifoda asosida topiladi: Z = E ■ K+ H + y , bunda: Z — barcha xarajatlaming keltirilgan qiymati, E = ——l o samaradorlik koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyent sof daromad hisobidan kapital xarajatni qoplash vaqtiga teskari proporsionaldir. Agar T0 — 6 yil bo‘lsa, £ = — + = 0,12. Elektr M) tarmoqlaridan foydalanishda eng muhim narsa bu isrofni kamaytirishdir. 9