Asr oshgan asarlar


shimol tarafida bo'lgan darvoza u edi. Hayqiriqlar tin-



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   161
Navoiy romani. Oybek

shimol tarafida bo'lgan darvoza u edi. Hayqiriqlar tin-
madi. Yuzboshidan ruxsat olib, Arslonqul o ‘n choqli
yigit bilan qo‘rg‘on ustidan yordamga yugurdi. Faqat
4 6 8


bir ozdan keyin shovqin sekin-sekin pasayib, ayrim,
qisqa, hayajonli qichqiriqlargina yangray boshladi.
G ‘avg‘o qo‘zg‘algan joy Qipchoq darvozasidan
ancha berida ekan. Bu yerga yetgach, Arslonqul
qizg‘in hayajon bilan hansirab bir-birlariga gap uqti-
rayotgan odamlardan binning yelkasini turtib: «Ne
voqea bo‘ldi», deb so‘radi.
— Nima, ma’lum... Bir lahza xunrezlik bo‘ldi... —
javob berdi qaramasdan u.
Arslonqul odamlaming qizg‘in bahsiga quloq solib,
birpasda voqeaning tafsilotini bilib oldi. Badiuz-
zamonning yigitlaridan bir dastasi shoti qo‘yib, balo-
qazodek paydo b o ‘lgan. 0 ‘zlariga ilk uchragan
bexabar mudofi’lardan bir nechasini qilich bilan
chopib tashlaganlar. Shovqin ko‘tarilgach, har yoq-
dan mudofi’lar yig‘ilib, ulaming o'zlarini qirib tashla­
ganlar...
— Hay, qarab yuringlar! Jasadlar... — kimdir qich-
qirib qo‘ydi.
Yer qondan sirg‘anchiq edi. Nohaq qonni bosib,
Arslonqulning ko‘ngli buzilib ketdi. Chetlanib, qo‘r-
g‘on kungurasiga suyaldi.
Birdan hamma jim bo‘lib, qo‘rg‘on kungurasiga
chetlandi. Alisher Navoiy bilan Valibek paydo bo‘ldi.
Arslonqul shuursiz ravishda shoirga yaqinlashib, far-
mon kutgandek, qo‘l qovushtirdi. Navoiy hassasini
o ‘zidan bir qadamcha nariga tirab, ikki qo‘l bilan uni
ushlab, qaddini bir oz oldinga egib, hammani ko‘zdan
kechirdi...
— Ne ishlar bo‘ldi bu yerda?
— Tinchlik, taqsir! — javob berdi Arslonqul

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin