Shoir ko‘zlarini past tushirdi. Uning yuzida bir zumgina chuqur iztirob ko‘lkasi jilvalandi. Keyin hazin tovush bilan davom etdi shoir: — Ota-o‘g ‘il bir-biriga qo‘shin tortmog‘i, bir xalqni ikki gumhga ayirib, nohaq qon to ‘kmog‘i ulug‘ gu- nohdir. Bunday dardisar voqealar, behuda, bema’no harakatlar tezdan bartaraf bo‘lib, sulh va salomatlik, ittifoq va muhabbat quyoshi el ko‘kida abadiy bar- qaror bo‘lsin! Qurolli yigitlar chuqur o'yga berilib, g‘amgin ko‘zlarini yerga tikdilar. Arslonqul barmog‘ini tishla- gan holda, go ‘yo Navoiyni ilk marta ko‘rgandek, ti- kildi-qoldi. Orqadan tanish ovozlarni eshitgach, hushyorlanib qayrildi: Sultonmurod bilan Zayniddinni ko‘rdi. Salom berib, ko‘rishdi. Zayniddin qini eski, ko‘rimsiz bir qilichni taqib oigan edi. Arslonqul juda sevindi. Birga jang qilmoqni orzu qildi. — 0 ‘zi jangga qanotlanur, — dedi do‘sti- dan norozilanib Sultonmurod,— menga qilich emas, hatto pichoq taqmoqni ham man qilur. Bu qanday jabr? — Y o‘q, taqsir, — kulimsirab murojaat etdi Arslonqul, — siz bahuzur o ‘tirib yozing, qalin kitobni tezroq bitiring. Manavi dast panjalaming biri, — 4 6 6
qudratli qo‘llarini ko‘rsatib, davom etdi u, — siz janob uchun jang qilur! Shu vaqtda tulpor otni o ‘ynatib, qarchig'ayday par- vozga tayyor Valibek kelib qoldi. Qamchining kumush dastasi bilan otning qora yolini tarab-tarab, yigirmaga yaqin yigitni ayirdi. Ularga shahaming janubiga, Darvozai Feruzobodga ildam yetib borishni, odati bo‘yicha, zarda bilan buyurdi. Bu achchiq so‘zli, serzarda bekni yigitlar sevar edilar. Ular tizzalariga