Asr oshgan asarlar


oshig‘ichlik sezdi. «Bir nima bor», deb o ‘yladi ichida



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   161
Navoiy romani. Oybek

oshig‘ichlik sezdi. «Bir nima bor», deb o ‘yladi ichida,
ammo bir ozdan keyin qal’a tarafidan kelayotgan bir
guruh tanishlarini uchratdi. Sipohilik qilmagan yigitlar
va yoshi ulg‘aygan odamlar jangga ketayotganday,
mukammal qurollangan edilar. Y o‘lni to‘sib, ular
bilan so‘zlashdi. Podshoh Muzaffar Mirzoni Astro-
boddan haydagan Muhammad Muhsin Mirzoga
qarshi yurishda bo‘lganidan foydalanib, eski isyonchi
Badiuzzamon to‘ppa-to‘g‘ri Hirotga bostirib kelayot-
ganini, shaharning mudofaasini Alisher Navoiy o ‘z
ustiga olganini bildirdilar. Arslonqul ichida allaqanday
kerilib, iljayib qo‘ydi: «Navoiy lashkarboshi!» U qal’a
tomonga ildam ketarkan, Valibek bilan birga Alisher
Navoiy uzun, silliq hassasini yerga sekin-sekin qo‘yib,
qarshidan chiqib qoldi. Arslonqul, odati b o ‘yicha,
yugurib bordi. Qo‘l qovushtirib, salom berdi. Navoiy
to‘xtab qararkan, sertashvish yuziga tabassum yugurdi.
— Ha, yigit, — dedi Navoiy hassasiga tiralib, —
ko‘rinmaysen, ish-kuching qanday?
Hammasi joyida, taqsir,— javob berdi Arslon­
qul,— muddaomni ayta qolay, taqsir, ruxsat bering,
navkar bo‘layin!
Navoiy xursandlik ifoda qilgan ko'zlari bilan Vali-
bekka qaradi. Har vaqt zardali, achchiq so‘z, dag‘al-
roq, lekin shu bilan baravar sodda, kamtar bek o ‘tkir
ko‘zlari bilan Arslonqulga boshdan-oyoq qarab qo‘ydi.
— Yigitning sarasi yov bosganda bilinadi, — dedi
Navoiy. — Yurt uchun qo‘lingni ishga ur. Qal’aga
yugur, aslaha ol!
Arslonqul hovliqib, halpillab uyga qaytdi. Eshikdan
bosh suqqan hamon Dildorga: «Sandiqni och!» dedi.
— Nima gap? Sandiqdan nima olursiz?
— Qilich! Qilich kerak hozir... — javob berdi

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin