Mavzu: Jahon urushlari oralig‘ida Osiyo mamlakatlari. Reja: Xitoyning birinchi jahon urishidan keyingi ahvoli



Yüklə 117 Kb.
səhifə1/6
tarix14.12.2022
ölçüsü117 Kb.
#74824
  1   2   3   4   5   6
2 Mavzu Jahon tarixi...


Mavzu: Jahon urushlari oralig‘ida Osiyo mamlakatlari.
Reja:
1. Xitoyning birinchi jahon urishidan keyingi ahvoli.
2. Birinchi jahon urushidan keyin Hindistondagi ahvol.
3. Jahon urushlari oralig‘ida Turkiya, Eron va Afg‘oniston.

4. Jahon urushlari oralig‘ida Yaponiyada tatalitar rejimni o‘rnatilishi.
Birinchi jahon urushigacha Osiyo va Afrika asosan mustamlaka davlatlardan iborat edi. Birinchi jahon urushi yillarida Osiyo va Afrika davlatlarida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berdi. Antanta qurollikuchlari saflarida mustamlaka davlatlar aholisi ham ishtirok etdi. Mustamlaka xalqlarning ilg‘or qatlami urushdan keyin mustaqillik berilishiga umid bilan qaramoqda edi. Biroq Parij tinchlik konferensiyasi bu umidni oqlamadi. Aksincha, konferensiya mustamlakachilikning eski shaklini yangisi bilan almashtirdi. Mustamlakachilikning bu yangi shakli avvalgi darslarda siz tanishgan Millatlar Ligasining mandat tizimi edi. Shunday bo‘lsa-da, Osiyo va Afrika davlatlarida vaziyat asr boshidagiga nisbatan o‘zgardi. Bu o‘zgarish jahon siyosiy xaritasida Sovet Rossiyasi (keyinchalik SSSRning) vujudga kelishi bilan ham bog‘liq edi. Mustamlakachi davlatlar xohlaydilarmi, yo‘qmi, endi bu omil bilan hisoblashishga majbur edilar. Ikkinchi tomondan, Rossiyada yuz bergan chuqur ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar milliy-ozodlik harakatlariga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Osiyo va Afrika davlatlari rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlar Mustamlakalarda milliy-ozodlik kuchlari o‘sdi. Stixiyali milliy-ozodlik kurashi ongli kurashga aylana bordi. Shunday bo‘lsa-da, mustamlakachi davlatlar o‘z mustamlakalaridagi mavqelarini deyarli saqlab qola oldilar. Buning sababi, birinchidan, mustamlakachilik tizimining yemirilishi uchun zarur xalqaro shart-sharoitlar hali to‘la yetilmaganligi bo‘lsa, ikkinchidan, mustamlakalarda mustamlakachilarga qarshi kurashuvchi kuchlarning qaror topish jarayoni hali davom etayotganligi edi. Biroq bu milliy-ozodlik kurashi ma’lum vaqtga to‘xtab qoldi, degani emas edi. Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida, Xitoy va Hindistonda milliyozodlik kurashi shiddat bilan davom etdi. Chunonchi, 1918—1923-yillarda Turkiyada ozodlik kurashi g‘alaba bilan yakunlandi. Dunyoviy Turkiya Respublikasi tashkil topdi. Sovet Rossiyasi 1921-yilda Turkiya bilan do‘stlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi hamda Turkiyaga 10 mln oltin so‘m hisobida moliyaviy yordam ko‘rsatdi. Xuddi shunga o‘xshash shartnoma 1921-yilda Eron bilan ham imzolandi. Eron Buyuk Britaniya qo‘shinlarining mamlakatdan chiqib ketishiga erishdi. Afg‘on xalqining Buyuk Britaniya mustamlakachilariga qarshi olib brogan kurashi 1919-yilda g‘alaba bilan yakunlandi. Afg‘oniston mustaqil davlatga aylandi. 1921-yilda sovet-afg‘on do‘stlik shartnomasi imzolandi. 1918—1921-yillarda Sovet Rossiyasi Mo‘g‘ulistonning milliy-ozodlik kurashiga yordam ko‘rsatdi. Bu yordam Mo‘g‘uliston mustaqilligini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. To‘g‘ri, Sovet Rossiyasi yuqorida nomlari tilga olingan davlatlarga bekorga yordam bermagan. Uning maqsadi o‘zining janubiy chegaralari xavfsizligini ta’minlashdan iborat edi. Ayni paytda Sovet davlati qo‘shni davlatlar bilan aloqani yaxshilash masalasiga «bo‘lajak jahon inqilobi»ning tarkibiy qismi, deb ham qarar edi. Mustamlakachi davlatlar ham qo‘l qovushtirib o‘tirmadilar, albatta. Ular Vashington konferensiyasida mustamlakalarning daxlsizligiga kelishib oldilar. Biroq tez orada bu kelishuvni Osiyoda Yaponiya (1931-yilda), Afrikada esa Italiya buzib yubordi.
Birinchi jahon urushidan so‘ng ham Xitoy qoloq, yarim mustamlaka davlat edi va unda 450 mln dan ortiq xalq yashardi. Uni buyuk davlatlar ta’sir doirasiga bo‘lib olgan edilar. Mamlakat sanoati, transporti, banklari va tashqi savdosining asosiy qismi chet el kompaniyalari qo‘lida edi. Bu omillar Xitoyni rivojlangan davlatlar ekspansiyasiga qarshi kurashda ojiz qilib qo‘ygan edi. 1911—1913-yillarda bo‘lib o‘tgan inqilob asosiy masalalardan biri — Xitoyni yagona davlatga birlashtirish masalasini hal eta olmadi. Bu masalani hal etmay turib Xitoyni yarim mustamlaka sirtmog‘idan qutqarish nihoyatda og‘ir edi. 1918-yilda Xitoyda inqilobiy kurashning ikki yirik kuchi mavjud edi. Ularning biri milliy-ozodlik kurashining yirik vakili, tan olingan yo‘lboshchi Sun Yatsen (1867—1925) boshchiligidagi Gomindan (Xitoy milliy partiyasi) bo‘lsa, ikkinchisi Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) edi. Versal shartnomasi qarorlariga qarshi mamlakatda «4-may harakatlari» nomli xalq noroziligi bo‘lib o‘tdi. 1921-yilda Sun Yatsen mamlakat prezidenti lavozimiga saylandi. Biroq buyuk davlatlar bu saylovni va Sun Yatsen hukumatini tan olmadilar. Sun Yatsen «Xitoyni qutqarish» dasturini ilgari surdi. Bu dasturni chet davlatlarning yordamisiz amalga oshirib bo‘lmas edi. Buyuk davlatlar esa yordam berishdan voz kechdilar. Vashington konferensiyasida qabul qilingan «9 davlat kelishuvi» bo‘yicha, Xitoyda o‘z hukmronliklarini o‘rnatdilar.
Shunday sharoitda Sun Yatsen moddiy va harbiy yordam so‘rab Sovet Rossiyasiga murojaat qildi va muzokara uchun general Chan Kayshini Moskvaga jo‘natdi. 1923-yilda Sun Yatsen Xitoy Kommunistik partiyasi bilan hamkorlik yo‘liga o‘tdi. Shunday qilinganda Sovet Rossiyasidan yordam olish oson kechishini u yaxshi bilardi. 1924-yil yanvarda Gomindan va XKP umummilliy birlashgan inqilobiy front tuzdilar. Frontning maqsadi Xitoyning shimolida joylashib olib, xorijiy bosqinchi davlatlar bilan hamkorlik yo‘lini tutayotgan ichki kuchlarga hamda Xitoyni yarim mustamlaka holatiga tushirgan imperiyachi buyuk davlatlar ta’siriga
qarshi kurash edi. Bunda Sun Yatsenning uch tamoyili: «milliylik, demokratiya va xalq farovonligi» katta rol o‘ynadi. 1925-yil bahorida Shanxay shahrida talabalar
namoyishga chiqdilar. Biroq ingliz politsiyasi bu namoyishni o‘qqa tutdi. Bu hodisa Xitoyda xorijiy bosqinchi davlatlarga qarshi kuchli harakat boshlanishiga turtki bo‘ldi. Bu harakat Xitoy tarixiga «30-may harakati» nomi bilan kirgan. Shu tariqa Xitoyda chet el bosqinchilariga qarshi milliy inqilob boshlandi. Ularning asosiy shiorlari — Xitoy suverenitetini tiklash, mustamlakachi davlatlar bilan hamkorlik qilayotgan militaristik katta yer egalari hukmronligini ag‘darish va Xitoyning demokratik milliy harakat hokimiyati ostida siyosiy butunligini ta’minlash edi. Inqilob rahbarligi Gomindan qo‘lida edi. 1925-yilda Sun Yatsen vafot etgach, bu partiya rahbarligi Chan Kayshi qo‘liga o‘tdi. Inqilobda Xitoy jamiyatining barcha tabaqalari ishtirok etdi. 1925-yilning oktabr-dekabr oylarida Chan Kayshi hukumati mamlakat shimoliy qismining Guandun provinsiyasida joylashgan militaristlar hukumatiga qarshi harbiy yurish boshladi. Shu tariqa Xitoyda fuqarolar urushi boshlandi. 1926-yilda 7 ta provinsiya egallab olindi. 1927-yil martda Angliya va AQSH Chan Kayshiga yordam berish uchun Xitoyga qurolli kuch yubordi. 18-aprelda Nankinda Chan Kayshi hukumati to‘la qaror topdi. Yurishning birinchi bosqichi 1928-yilda yakunlandi. Buning oqibatida
shimoldagi militaristik kuchlarga qattiq zarba berildi. Jumladan, Shanxay va Nankin shaharlari bosib olindi. Chan Kayshi hukumati qarorgohi Nankin shahriga ko‘chirildi. Barcha buyuk davlatlar bu hukumatni tan oldilar. Markaziy hokimiyat qo‘lga kiritilgach, inqilobning asosiy yetakchi kuchlari — Gomindan va XKP o‘rtasida bo‘linish yuz berdi. Bunga Xitoy inqilobiy vazifalariga Gomindan va XKP ning turlicha qarashlari sabab bo‘ldi. Chunonchi, Gomindan markaziy hokimiyat egallanishi bilan inqilob o‘z vazifasini bajardi, deb hisobladi. Endigi vazifa mo‘tadil islohotni zo‘ravonliksiz o‘tkazishdan iboratligini e’lon qildi.
XKP esa inqilobni davom ettirish, hali Xitoyda kam sonli bo‘lgan proletariat gegemonligini o‘rnatish, agrar inqilobni avj oldirish, mulkdorlarning mulkini musodara qilish, barcha banklarni, konlarni, temir yo‘llarni, yirik korxonalarni milliylashtirishni talab etdi. Bu ikki siyosiy kuch o‘rtasidagi nizo 20 yil davom etgan fuqarolar urushini (1949-yilgacha) keltirib chiqardi va shu tariqa birlashgan umummilliy inqilobiy front barham topdi. Milliy buyuk inqilob natijasida Gomindanning yakka partiyaviy hokimiyati qaror topdi. Gomindan Xitoyda iqtisodiyot bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurish tarafdori edi. Shuning
uchun ham Gomindan hukumati xususiy mulkni himoya qildi va bunday mulkni tugatishni targ‘ib etuvchi XKP ga qarshi kurashdi. Milliy bozor rivojiga g‘ov bo‘layotgan ichki boj to‘siqlari bekor qilindi. Chet el sarmoyadorlariga ijaraga berilgan 33 ta korxonadan 20 tasi qaytarib olindi. Gomindan markaziy hokimiyatni kuchaytirishga urindi, iqtisodiyotga davlat aralashuvini joriy etdi. Iqtisodiyotda davlat sektorini vujudga keltirdi. Bundan tashqari, ichki siyosiy barqarorlikka erishish maqsadida qator ijtimoiy islohotlar o‘tkazildi. Mehnat to‘g‘risida qabul qilingan ijobiy ruhdagi qonun kam sonli ishchilar sinfining ahvoli yaxshilanishiga xizmat qildi. Biroq agrar masala hal etilmadi. Qishloqda yirik yer egalari hukmronligi saqlanib qola berdi. Tashqi siyosatda esa Xitoyning chet davlatlar bilan imzolangan noting shartnomalarini bekor qilish yo‘li tutildi. 1928-yilda chet el tovarlari uchun boj to‘lovi tartibi tiklandi. Bu bilan ichki bozor ham himoya qilindi. Gomindan bilan XKP o‘rtasidagi umummilliy birlashgan front barham topgach, Xitoyda fuqarolar urushining ikkinchi bosqichi boshlandi. Gomindan «XKP ga qarshi urushga tayyorlana boshladi» va ko‘p o‘tmay uning qurolli kuchlariga qarshi hujum boshlandi. 1930—1934-yillarda 5 marta yurish qilindi. AQSH 90 mln dollar yordam berdi. 300 ta samolyotdan foydalandi. Xitoyga nemis generali Fon Sekt keldi va harbiy operatsiyalarga boshchilik qildi. Bu davrda XKP qurolli kuchlarining soni 300 mingni tashkil etardi (XKP qurolli kuchlari Qizil Armiya deb atalgan). XKP 1927-yildan 1936-yilgacha Xitoyda sovetlar shaklidagi proletariat va dehqonlar inqilobiy diktaturasini o‘rnatish uchun Chan Kayshi hukmronligining kuchayishi 1927—1937-yillardagi fuqarolar urushi kurash olib bordi va o‘zi egallagan provinsiyalarda hokimiyatning shunday shaklini o‘rnatdi.
1931-yilning noyabr oyida Szyansi provinsiyasida o‘tkazilgan sovet tumanlari vakillarining 1-Butunxitoy syezdi Xitoy Sovet Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi. Davlat boshlig‘i etib Mao Szedun saylandi. Shunday qilib Xitoy uchga bo‘linib ketdi. 1934-yilda Gomindan hukumati XKP armiyasiga qattiq zarba berdi. Biroq uni tor-mor eta olmadi. Armiyaning bir qismi qurshovni yorib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. 1931-yilning sentabrida Yaponiya armiyasi Xitoyga hujum qildi. Bu hujum Chan Kayshining Xitoyni birlashtirish yo‘lidagi harakatini to‘xtatib qo‘ydi. Uch oy ichida Yaponiya Xitoyning shimoli-sharqida 1 mln kv km maydonni egalladi va u yerda 1932-yil 1-martda Man’chjou-Go deb atalgan davlat tuzdi. Uni manjurlar sulolasining so‘nggi imperatori Pu I boshchiligidagi qo‘g‘irchoq hukumat boshqarardi (manjurlar sulolasi hukmronligi 1912-yil Sun Yatsen boshchiligidagi inqilob natijasida ag‘darilgan edi). 30 mln aholi, 37 foiz temir ruda zaxirasi, 95 foiz neft, 4 foiz savdo va temir yo‘l yaponlar qo‘liga o‘tdi. 1936-yil Chan Kayshi Sianga kelganida armiya qo‘zg‘alon ko‘tarib, uni asir oldi. Lekin undan fuqarolar urushini boshlamaslikka va’da olinib, qo‘yib yuborildi.
Chan Kayshi 1935-yilda Yaponiya agressiyasiga qarshi kurashda yordam so‘rab Sovet davlatiga murojaat qildi. Sovet davlati yordam berishga tayyorligini bildirdi, biroq buning uchun fuqarolar urushini to‘xtatish va Xitoy kommunistlariga qarshi jazo operatsiyalari o‘tkazmaslik shartini qo‘ydi. 1937-yilning iyun oyida Gomindan va XKP o‘rtasida harbiy harakatlarni to‘xtatish haqida shartnoma imzolandi. Shu tariqa Xitoyda yagona antiyapon milliy fronti vujudga keldi. 1937-yilning yozidan 1945-yil kuzigacha davom etgan yapon-xitoy urushi boshlandi. Yaponlar 1937-yil avgustda Pekin, noyabrda Shanxay, dekabrda Nankin shaharlarini bosib oldi. 1937-yil 21-avgustda SSSR bilan Xitoy o‘rtasida hujum qilmaslik haqida shartnoma imzolandi. Xitoy 1938-yil 100 mln dollar, 1939-yilda esa 150 mln dollar zayom oldi. 1938-yildagi Hasan ko‘lida, 1939-yildagi Xalxin Golda bo‘lib o‘tgan janglar yapon kuchlarini zaiflashtirdi. Yaponiya 1941-yil 9-dekabrda Xitoyga qarshi urushni rasmiy e’lon qildi va bu yerda urush oxirigacha o‘z hukmronligini saqlab qoldi.


Yüklə 117 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin