Mavzu: Jahon urushlari oralig‘ida Osiyo mamlakatlari. Reja: Xitoyning birinchi jahon urishidan keyingi ahvoli



Yüklə 117 Kb.
səhifə5/6
tarix14.12.2022
ölçüsü117 Kb.
#74824
1   2   3   4   5   6
2 Mavzu Jahon tarixi...

Yaponiya. Yaponiyaning ichki siyosati. Yaponiya Birinchi jahon urushida Antanta tarafida qatnashdi. Binobarin, u g‘oliblar safida bo‘ldi. Antanta Yaponiyani quruq qo‘ymadi. Unga Shandun yarim oroli, Tinch okeandagi Germaniyaga qarashli Marian, Karolina, Marshall orollari mandati taqdim etildi. Bu orollar muhim strategic ahamiyatga ega edi. Ular Yaponiyaga Tinch okean akvatoriyasi markaziga chiqish va AQSH ning asosiy harbiy-dengiz bazasi bo‘lmish Gavay orollariga yaqinlashish imkonini berdi. Ayni paytda Yaponiya Xitoyda o‘z mavqeyini mustahkamladi. Uzoq Sharq va Tinch okean havzasi davlatlari bozorini shitob bilan egallay boshladi. Bu esa, o‘z navbatida, yapon monopoliyalari (Mitsui, Mitsubisi, Yasuda, Sumitomo)ning daromadlarini yanada ko‘paytirdi. Urush yillari yapon magnatlari uchun «Oltin davr» bo‘ldi. To‘qimachilik 4,5, metallurgiya 6, mashinasozlik 5,5 baravar o‘sdi. Biroq mamlakatda mehnatkashlarning turmush darajasi pasaydi. Bu hodisa 1918-yilning 3-avgustida Toyama prefekturasida yuz bergan «sholi isyoni»da o‘z ifodasini topdi.
Sholi isyoni. Bu isyon chayqovchilar tomonidan sholining narxini oshirib yuborish natijasida kelib chiqdi. 10-avgustda isyon Kiotoga ham tarqaldi. Och qolgan isyonchilar do‘konlarni bosib ola boshladilar. Qisqa muddat ichida «sholi isyoni» butun Yaponiyaning uchdan ikki qismiga tarqaldi. Biroq hukumat isyonni qattiqqo‘llik bilan bostirdi. Minglab kishilar hibsga olindi, ko‘plari surgun qilindi va umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Yaponiya mustamlakachi imperiyasi asoslarini larzaga keltirgan bu isyon mustamlakalarda milliy-ozodlik kurashining yangi to‘lqini ko‘tarilishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Yaponiyaning o‘zida urushga qarshi kurash kayfiyati kuchaydi. Buning ustiga, Uzoq Sharqda Qizil Armiya yapon bosqinchilariga qaqshatqich zarba bera boshladi.
Shunday bir sharoitda, 1920—1922-yillardagi iqtisodiy inqiroz Yaponiya
iqtisodiyotiga katta zarba berdi. Buning sababi iqtisodiyotning tashqi bozorlarga qaramligi edi. Inqiroz mamlakat ichkarisida mehnat va sarmoya o‘rtasidagi ziddiyatni yanada keskinlashtirdi. Iqtisodiy ahvol. 1923-yilning oxiriga kelib Yaponiya iqtisodiyotida jonlanish bo‘ldi. Bunga shu yilning 1-sentabrida yuz bergan yer qimirlashidan so‘ng boshlangan tiklash ishlari qulay sharoit yaratdi. Hukumat yirik tadbirkorlar zarar ko‘rmasligi uchun barcha zarur choralarni ko‘rdi. Chunonchi, ularning barcha to‘lovlari muddatini kechiktirdi. Ko‘rgan zararlari uchun kompensatsiya to‘lovini amalga oshirdi. Yapon monopoliyalari katta foyda miqdorini saqlab qolish uchun eksport tovarlari narxini pasaytirdi. Mamlakatda cho‘yan ishlab chiqarish 2 baravar o‘sdi va 1 mln 100 ming tonnaga, po‘lat ishlab chiqarish 842 ming tonnadan 1 mln 720 ming tonnaga o‘sdi. Umumiy saylov huquqi haqida qaror qabul qilindi. Saylovchilar 3 mln dan 4,3 mln ga ko‘paydi. 1929—1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Yaponiya iqtisodiyotiga yanada katta zarba berdi. Bu yapon va amerika bozorlarining bir-biri bilan juda mustahkam bog‘lanib qolganligining, Yaponiya iqtisodiyoti boshqa buyuk davlatlar iqtisodiyotiga nisbatan zaifligining, 1923-yilda yuz bergan yer qimirlashi oqibatlari chuqurligining natijasi edi. Inqiroz, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida og‘ir kechdi. AQSHga ipak eksport qilish hajmi 30 foiz kamaydi. Ipak narxi keskin tushib ketdi. 1931-yilga kelib sanoat mahsulotlari 31, eksport 65, import 72 foizga qisqardi. Inqiroz yillarida ishsizlar soni 3 mln kishini tashkil etdi. Inqiroz mamlakat ichkarisida ijtimoiy ahvolni keskinlashtirib yubordi. Mamlakatda «Yosh zobitlar va yangi konsernlar ittifoqi» vujudga keldi. Ular mayda va o‘rta tadbirkorlar manfaatini ko‘zlar edilar. Inqiroz ularning ahvolini yanada og‘irlashtirib yuborganligi yosh zobitlarni befarq qoldirmadi. Chunki ular Yaponiya jamiyatida eng ko‘p zarar ko‘rgan qatlamning vakillari edi.
Ikkinchidan, Yaponiyaning harbiy-dengiz qudratini cheklovchi turli xalqaro shartnomalar yosh zobitlarda kuchli norozilik uyg‘otdi. Biroq Yaponiyada vujudga kelgan yangi ittifoq demokratik kayfiyatdagi kuchlarning ittifoqi emas edi. Aksincha, bu ittifoq Yaponiyada fashizm yo‘liga o‘ta bordi. Ayni paytda yosh zobitlar imperatorga sodiq edilar. Ular imperatordan eski konsernlar hukmronligini cheklashni talab eta boshladilar. Parlamentga qarshi chiqdilar. Shu tariqa Yaponiya fashistlashib bordi. Ular «panosiyo» va dunyoga hukmronlik g‘oyalarini zo‘r berib targ‘ib eta boshladilar. Yosh zobitlar yangi konsernlar egalarining hokimiyatga intilishini qo‘llab-quvvatlay boshladilar. Biroq eski konsernlar katta moliyaviy qudratga ega bo‘lganliklari uchun ularning mavqei hali qudratli edi. Eski va yangi konsernlar egalarini birlashtiruvchi bir omil mavjud edi. Bu omil — dunyoga hukmron bo‘lishga intilish edi. 1932-yilning 15-mayida yosh zobitlarning fashistik isyoni ko‘tarildi. Buning natijasida, hatto, mamlakat bosh vaziri Inukai o‘ldirildi. Isyon bostirilgan bo‘lsa-da, mamlakatda harbiylar mavqei har qachondagidan oshib
ketdi. Shu davrdan boshlab 1945-yilgacha hukumatni boshqarish faqat harbiy byurokratiya vakillariga topshirilgani bejiz emas. Shunga qaramay, 1936-yilning 26-fevralida 1500 harbiy qatnashgan ikkinchi fashistik isyon uyushtirildi. Isyon 29-fevral kuni bostirilgan bo‘lsa-da, u Yaponiya hukmron doiralarini qattiq tashvishga solib qo‘ydi. 17 isyonchi o‘ldirildi. Ular mamlakatda ro‘y bergan chuqur ichki siyosiy inqirozni agressiv harbiy harakatlar boshlash yo‘li bilan bartaraf etishga qaror qildilar.

Yüklə 117 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin