galida larzada ekan, muborak mamlakatning hamma burchagida isyon b o ‘ronlari quturar ekan, hayot va salomatlikning yolg‘iz tayanchi — siz. Tarki vatan etsangiz, qora quwatlar yolg‘iz bo‘g‘ovlaridan uzulur. Ulug‘ himoyachisidan ayrilgan el, tangri ko‘rsatmasin, ne kunlarga qolur! Xurosonda inson fikri va ijodiyot- ning ajoyib m o‘’jiza asarían bor, ham g ‘oyat ko‘p. Ularning barchasini siz yaratdingiz. Bu kungi Xurosonning ravnaqi uchun tarixda hech kim siz kabi himmat va g‘ayrat ko‘rsatmagandir. Xizmatlaringiz- ning ta’rifi uchun qalin jildlar yozmoq kerak bo‘lur. Tarki vatan fikridan voz kechingiz. Ulug‘ ustod! Biz xalq nomidan, davlat nomidan, ularning otisi1 nomi- dan qilgan iltimosimizni yerda qoldirmangiz. Odamlar qadlarini rostlab, har chekkadan qisqa- gina, lekin samimiy so‘z bilan Sultonmurodning fikri- ni quwatladilar. Navoiyning eski qadrdoni qari shoir gapirdi. — D o ‘stim, muqaddas yerlarga bormoqni orzu qilibsiz. Men aytamenki, muqaddas yerlarning sha- mollari bu tomonga esib kelib, sizning oyoq izlaringiz- dan bo‘sa olsin... Alalxusus, yurtning falokatli kunla- rida bu xayolni batamom yoddan chiqaring, do‘stim! Navoiy boshini ko‘tardi, qo‘llari bilan sallasini peshonadan sal yuqori siljitdi. Hamma ko‘zlar unga 1 Kelajagi.
461
samimiy muhabbat va o ‘tinch bilan boqardi. 0 ‘ltir- ganlaming hammasi Xuroson ilm va san’atining nodir siymolari, jondan yaqin do‘stlari edilar. Mana, Behzod va Muzahhib, Sultonali va Zayniddin, Sulton- murod va Mir Mirtoz, ustod Qulmuhammad va Shayx Noiy va hokazolar — bular zamonning ajoyib ustod-