Asr oshgan asarlar


— Ayollar ham o ‘z mavqelarini bilmoqlari, o ‘z



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   161
Navoiy romani. Oybek

— Ayollar ham o ‘z mavqelarini bilmoqlari, o ‘z
hadlaridan oshmasliklari kerak. Ayol makrining bir
uchquni siyosatda zo‘r yong‘inlar yaratishi mum-
kin! — har bir so‘zni atayin ta’kidlab dedi Navoiy.
Husayn Boyqaro, bu xususda o ‘zining ilojsizligini
bo‘yniga olgan kabi, boshini quyi solib, jim qoldi.
Ertasi Nizomulmulk ham uning o ‘g‘illari, uning
tarafdorlaridan eng yiriklari shu yerda qamoqqa olin-
di. T o‘g ‘onbekni, har qaerda bo‘lmasin, tutib
qamamoq haqida har yoqqa farmonlar yuborildi.
Husayn Boyqaro Badiuzzamonning hujumini ku-
tib, 0 ‘langnishinda lashkar bilan qoldi. Navoiy Hirot-
ga qaytdi. X o‘ja Afzal bosh vazir bo‘ldi. Shoir tinch-
roq ishlashga umidvor edi. Umr quyoshi muttasil og‘-
moqda. Gavda hassaga suyangan. Endi ot minmoqqa
ham qiynaladi. Yozganda qo‘llari toladi. Lekin yozishi
kerak bo‘lgan mavzular, fikrlar benihoyat ko‘p...
Navoiy bir necha oygina bir qadar sokin ishlay
oldi. «Qush tili» ustida to‘lg‘in zavq bilan ishladi. Bir
qarich bolalikda yurakka chuqur jo bo‘lgan orzu va
muhabbat umr dovonlarini osharoq, ilk tozaligini
yo‘qotmadi. Kamolga yetgan daraxt kabi, u muhabbat
qarilikda m o‘l meva — fikming yorqin gavharlarini
qalamga quydi. Shoir erta-kech falsafiy fikrlarga beril-
di. Ilhomi, xayoli qalbidagi boy chamanlardan ajoyib,
rango-rang guldastalar — chiroyli, shoirona hikoyalar
to ‘qidi. Attorning kitobida shoirona fikr va hisning
yorqin cho‘g‘i bilan yongan misralami yana chuqur-
roq yaratarkan, ona tilining qudrati, go‘zalligiga qu-
vondi.
Keksa Navoiyning kelajak bo‘g‘inlarga qoldirmoq
istagan fikrlari ko‘p. Sovuq, mash’um shamollar
esmasdan ilgari, ilhom gulzoridan ko‘proq guldastalar

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin