urilgan qilichlarini sharaqlatib yugura qolishdi. Keyin Valibek chaqchaygan o‘tkir ko‘zlarini qolgan yigit- larga, shu jumladan, Arslonqulga qadab, qamchi das tasi bilan yuqoriga, qo‘rg‘onga ishorat qildi. Arslonqul qal’a ustidan uzoqliklarga boqib, haligi- na quyosh nurlarida yuvinib, balqib, sokin, shirin uxlagan go‘zal bog‘larda, ekinzorlarda endi boshvoq- siz qoramollaming diringlab chopganini, tugun, qop, bo‘g‘cha orqalagan erkak, ayol, bola-chaqalaming chang ichida sarosima-sargardon yugurishganini ko‘rdi. Navoiyining so'zlarini esladi. Xo‘mrayib, yerga qarab o ‘ylab qoldi. Bir xalqni, bir yurtni dushman guruhlarga ayirib, jiqqamusht qilgan shahzodalami la’natladi: «Na otasini hurmat qilur, na eldan uyalur bu haromzodalar!» Quyosh daraxtzorlami tutaqtirib, minoralaming hilollarida, Hirot jomeining yetti azamat toqlarida, gumbazlarda, uzoqda otlarda yugurishgan yigitlaming dubulg1 alarida olov chaqnatib, ufqqa cho'kdi. Oqshom qorasi asta-asta quyuqlashdi. Ko‘kda yulduz- lar chamani ochila bordi. Shahar ichi ham, qo‘rg‘on tashqarisi ham sokindek edi. Balandlikda shamollar sezilarli salqinlik bilan esardi. Kecha o‘zgan sayin uzoqdan o ‘qtin-o‘qtin shovqin ko‘tarila boshladi. Bu yerda, qorong‘ilikda erigan yuzlarcha mudofi’lar bir muddat jim qotib, quloqlarini kechaning qa’riga dik- kaytirdilar. Vahimali tovushlar tingach, Arslonqul kulib, o ‘zicha shivirlab qo‘yardi. — Qanotlaring yo‘qki, bu Saddi Iskandardan uchib o ‘tsalaring... Ichkari kirishning ilojini topmay, eshik 4 6 7
tagida miyovlagan mushukbachchadek, bu qal’a osti-