ma-qishloq kezib, yigitlar bir-birlaridan ayrila bosh- ladilar. Ba’zilar u bahona bilan o ‘z qishloqlariga borib, oilalarining holidan xabar olish uchun ketdilar. Ba’zilarga tayyorlangan xashakni olib bormoq uchun 4 7 4
qishloqlarda bir kun-yarim kun qolishga to ‘g‘ri keldi. Arslonqul yolg'iz o ‘zi uzoq tumanlargacha bordi. Bir vaqtlar qishloq bolasi bo‘lgan bu yigit dehqonlaming fe’l-huyini yaxshi bilganidan, ular bilan tez topishib ketdi. Har ikki tomon uchun og‘ir bo‘lmagan shartlar bilan ancha yem-xashak yig'ib yubordi va o ‘zi ham- maning ko‘zini o ‘ynatadigan tulpor otda dalada kezdi, unda-munda qo‘noq bo‘ldi. Uch-to‘rt kundan keyin qo‘shinga qaytmoqchi bo‘lib, yo‘lga tushdi. Poyonsiz sahroda tanho o ‘zi otini yeldirib borarkan, o ‘zidan o ‘ng yoqda qarshi tomonga tez ketayotgan bir otliq- ning qorasi ko‘rindi. Oldin e ’tibor bermadi. Bir ozdan keyin otliq balandlikka ko‘tarilgach, tikilib, uni o ‘zi bilan birga chiqqan yigitlardan biriga juda o‘xshatdi; otga qamchi berib, u tomon yugurdi. Ko‘p o ‘tmas- danoq yo‘lovchining qarshisidan kesib chiqdi. — Yo‘l bo‘lsin, T o‘g‘onbek, qaerga? — qichqirdi Arslonqul. T o‘g‘onbek xo‘mrayib, ko‘pirgan otini to‘xtatdi-da, yigitga qattiq tikildi. Keyin qayerda ko‘rgan ekanman, deganday qalin labini burib qo‘ydi. — Boyqaro Mirzoning yigitimusen yo shahzo- dalardan birining? — so‘radi To‘g‘onbek to ‘nglik bilan. — Navoiyning yigitimen. — N e deydi o ‘zi, — kichik ko‘zlarini yigitga qada- di To‘g‘onbek. Keyin ayyorcha kulib, davom etdi. — Yur, yaxshi yigit, Marvga boramiz. Shahzoda