Badiuzzamon maslahatlashmoq uchun Zulnun Arg‘un ham bir necha yaqinlarini olib, tashqari chiqib ketdi. Navoiy shahzodaning shoiri bo‘lgan mavlono Zamoniy bilan suhbatlashib o ‘tirdi. Mavlono Zamo- niy so‘z orasida sobiq qozi Shahobiddin haqida gapir- di. 0 ‘zini Badiuzzamon tarafdori ko‘rsatib, bu yerga qochib kelgan va shahzoda tomonidan katta iltifot ko‘rgan qozi, aslida, Muzaffar Mirzoning josusi ekani ham kuni kecha yashirin hujjatlar bilan qo‘lga tush- gani, bukun erta bilan dorga osilgani haqida gapirdi. Navoiy jinoyatkorlarning taqdiri hamisha razil, shar- manda, mash’um bir ravishda bitajagini katta ishonch bilan bayon qildi. 481
Badiuzzamon kirib, sulh shartlarini qabul etganini bildirdi. Bu kundan boshlab har qanday dushmanlik harakatlaridan voz kechishini shoirga qat’iy va’da etdi. Ziyofatdan keyin shartnoma tuzilib, imzo chekildi. Ikkinchi kun erta bilan Badiuzzamon o ‘z lashkari- ni ko‘chirishga boshlarkan, Navoiy Husayn Boyqaro qarorgohiga sulh olib keldi. Sulh xabari bu yerda ham- maning yuragini favqulodda quvonch bilan to‘ldirdi. Kechga yaqin shoir Hirotga kirdi. Y o‘l-yo‘lakay butun xalq uni tabriklab, o ‘z muhabbati va minnat- dorligini namoyish etdi. Mana, «Unsiya». She’r va fikr o ‘chog‘i. Olimlar, shoirlar, rassomlar, naqqoshlar, cholg‘uchilarning ilhom bulog‘i... Hirotning, butun Xurosonning, Movarounnahming ko‘rki, iftixori, qalbi va vijdoni. Yana do‘stlar, yaqinlar kelishib, shoiming muhabbati bilan ruhlarini gullatib ketdilar. Osmonning tiniq zangorisida to ‘lin oy nur o ‘tovini tikkan. Sanoqsiz yulduzlaming muazzam, ulug'vor