Bu ajoyib, bemisl kurashni tomosha qilg‘ali Fir- davsiydan boshlab mavlono Jomiyga qadar hamma ulug‘ fors shoirlari kelgan edilar. Har qaysilari o ‘z obro‘larining yuksak poyasida yarqirab o ‘tirardilar. Lekin ular tillarining kurashidan noxushlana boshladi- lar: fors pahlavoni qay boyligi bilan chiranmasin, o ‘zbek botiri uni qizartirib qo‘yadi! Navoiyning qalam tutgan qo‘li toldi. U pahlavon- laming kurashiga qiziqsinib, uzoq o ‘tirib qolganini sezmadi. Keyin kurashning davomini ertaga qoldirib, o'midan turdi. 0 ‘z pahlavonining qudratiga ishongan, uni qat’iy g‘alaba bilan olqishlab, kurash maydonidan qo‘llarida ko‘tarib, ardoqlagali kelgan ulug‘ azamat fors shoirlari ranglari o ‘chgan, allanechuk bo‘shash- gan bir holda ko‘zdan g'oyib bo‘ldilar. Ulaming orasida faqat marhum mavlono Jomiy o ‘zbek pahlavoniga ofarin o ‘qib, uning yelkasini qoqdi. Navoiy o ‘rnidan turdi. Yuragida shodlik dengizi chayqalardi: ona tilining g‘alabasi uning g‘alabasi, uning suygan xalqining, tarixining g‘alabasi edi. Shoir shamni o ‘chirdi. Hassani qo‘lga olib, yotoq uyga kir- moq uchun, uvushgan oyoqlari bilan asta-asta yurib, tashqari chiqdi. Salqin toza havo yuzlariga yoqimli erdi. Cheksizlikda muazzam ohang bilan oqqan yul- duzlaming nafasi, bog‘chadagi daraxtlaming shitir- lashi, yarim kechada ip yigirgan jafokash kampir charxining «g‘uv-g‘uvi», uzoqda karvon tevalari qo‘ng‘irog‘ining vazmin ohangi — barchasi shoiming ko‘ngliga bir xilda yaqin, tanish, ma’nodor tuyular, barchasini u chuqur sevar edi... 0 ‘ttiz yettinchi bob Izg‘irinli ochiq kunda ertalab Sultonmurod tamom bitgan qalin og‘ir kitobni — «Jome ul-funun»'ni shohi