Asr oshgan asarlar


ohangida kecha jimgina pinakka ketgan. Yupqa oy



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   161
Navoiy romani. Oybek

ohangida kecha jimgina pinakka ketgan. Yupqa oy
nuriga o ‘raigan bog‘chalar kuzning salqin nafasidan
yengil 
titraydi. 
Xonalarda 
chiroqlar yoqig‘liq.
Mulozimlar, xizmatkor ahli, har vaqt bo'lib turadigan
mehmonlar, yaqinlar biron narsa bilan mashg‘ullar.
Sohib Doro qalamni siyohdonga botirib, ko‘zlarini
yumib, qofiya qidiradi. Xizmati va sadoqati bilan bu
dargohda soqolini oqartirgan Shayx Bahlul o ‘z
xo‘jasining devonini o ‘qiydi. Bir xonada shatranj
havaskorlari qizg‘in o ‘yin bilan band. Bir xonada
hisob-kitobga epchil mulozimlar shoirning kundalik
xayri ehsonlari uchun sarf bo‘lgan mablag‘larini daf-
targa yozib, hisoblaydilar. Hovlida otboqar sodda xalq
qo‘shig‘ini kuylab, asta kezadi.
Shoir o ‘z xonasida tanho o ‘tiradi. Nechundir umr
quyoshining shomga kirayotganini u keyingi vaqtlar-
da, yolg‘iz qolarkan, ko‘proq o ‘ylay boshladi. 0 ‘lim
do‘stlami bir-bir chaqirmoqda. Hasan Ardasher qani?
Pir Muammoiy, jonajon Muhammad Said pahlavon
qani? Jomiy qani? Bulami o ‘ylarkan, qalbida dard
482


mavjlanadi. Bu — o'iimdan qo‘rqqanidan emas, balki
hali qilmoqchi bo‘lgan ishlaming, yozilmagan mavzu-
laming ko‘pligidan... So‘nggi yillaming tashvishlari,
iztiroblari, mehnat oltmishdan oshgan shoimi oyoq-
dan chalayozgan edi. U taqdiming rang-barang jil-
valarini ko‘rdi. Nash’asini ham, qayg‘usini ham ayni
donishmandona tur va qarash bilan kechirdi:
Gahi topdim falakdin notavonlig‘,
Gahi k o ‘rdim zamondin komronlig‘.
Base isig sovuq ko ‘rdim zamonda,
Base achchig\ chuchuk totdim jahonda.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin