Arg‘unbek ham boshqa yaqinlari bilan chodiridan chiqib, shoimi qarshi oldi. U, hamma vaqtdagidek, zavq va noziklik bilan kiyingan, awalgidek chiroyli, xushmuomala edi. Hurmat bilan elchini o ‘zining juda serhasham xos chodiriga taklif qildi. Navoiy shahzodaning iltimosi bilan hammadan yuqori o ‘tirdi. Zulnun Arg‘unbek va boshqa yuqori mansabdorlar har qaysilari o ‘z mavqelariga yarasha joy oldilar. Yaqindagi boshqa bir chodirdan yoqimli musiqiy va ayollarning go‘zal qo‘shiqlari eshitilardi. Navoiy sehrli sadolarga beixtiyor berildi. Lekin ko‘p o ‘tmasdan, sadolar birdan kesildi. — Shahzoda, men sulh barpo etmoq kayfiyatida keldim, — Badiuzzamonga murojaat etdi Navoiy. — Bu kalima hammamiz uchun bebaho edi, — dedi Badiuzzamon jiddiy va sokin, — ammo zoti oliy- lariga ma’lum bo‘lgan ba’zi hodisalar bu kalimani batamom ma’nosiz etib qo‘ydi... — Xato qilasiz, shahzoda, — ishonch bilan dedi Navoiy, — mamlakat, davlat, el-ulus sulh va osoyish- talikka nihoyat tashna ekan, hayot va salomatlik yolg‘iz shu kalimaga bog‘liq ekan, siz qaysi mantiq bilan aksini isbot qila olursiz? Navoiy davom etdi: — Aqli salim sohibi uchun bu imkonsizdir. Men aminmenki, siz jaholat tig‘ini sindirmasangiz, birodar- laringiz nomussizlik botqog‘iga kun sayin chuqurroq botaversalar, bu muborak yurtda hayot o ‘chog‘i sovri- lur. Maqsadlaringiz nima? Biz sizlardan nima kutgan edik? Alhol, nimalar ko‘rmoqdamiz? Xatolarni tuzat- mas ekansiz, yurt sizni aslo kechirmas! Inilaringiz siz-