Shoir o ‘z hayotida yaratgan ilmiy, madaniy muas- sasalarning yashashini, xayri ehsonlaming o ‘zidan keyin ham kattaroq miqyosda davom etishini orzu qildi. Hozir uni «Vaqfnoma» yozish fikri egallab oldi. Madrasalaming, «Shifoiya»ning, xonaqohning ta’mi- noti, talabalaming nafaqasi, mudarrislaming maoshi uchun lozim mablag‘lar, muhtojlarga beriladigan kiyim-kechak, bayramlarda xalqqa tortiladigan taom- lar, yetim-esir, kambag‘allarga kundalik xayr qozonlari va boshqa in ’omlar, ehsonlar uchun qancha qo‘y, qancha ho‘kiz berish, halimga qancha bug‘doy solish, qancha botmon undan non yopish, qancha pud halvo, qand-nabot va hokazo kerakligini batafsil ko‘rsatgan bir kitobcha — «Vaqfnoma» yozmoqqa qaror qildi. Lekin oldin «Muhokamat ul-lug‘atayn»ni bitirish kerak. Ona tilida «Xamsa» yaratdi, «Chor devon» yaratdi. Ulug‘ fors shoirlari kabi, she’ming hamma shakllarida qalamni jasur surdi. She’rning, turkiy soz- ning sadolari bilan o ‘z tilining qudratini, husnini, boyligini isbot qildi. Endi buni mantiq bilan, ilmiy usulda isbot etish kerak. Butun Sharqqa dong chiqar- gan fors tili bilan xo‘rlangan ona tilini kurash may- doniga olib kirish kerak. Qani, qaysi pahlavon to‘laqonliroq ekan! Shoir daricha yonida, shamga yaqin o ‘tirib, qa lamni qog‘ozlar betida qitirlatdi. Ikki til — o ‘zbek va fors tillari — ikki pahlavon. Ular goh mantiqning gurzisini ko'taradilar, goh husn va salobatlarini na- 483
moyish qiladilar. Goh qo‘yinlaridan dur va gavhar- lami hovuchlab-hovuchlab sochadilar, goh xush sado- likni ishga soladilar.