Yozuvchi bolaligida guvoh bo'lgan voqealar adabiy asarga ayla- nishi uchim muallifdan nimalar talab qilinadi?
«Fanorchi ota» hikoyasida qanday hodisa tasvirlangan?
«Tor, qiyshiq ko'chaning o'ksiz oqshomini Tursunqul akaning churuk darvozasi tepasiga o'tqizilgan bir fanorning titrak nurlarigina yoritar edi». Shu tasvir bilan yozuvchi o'sha davr hayoti, kishilar ahvoli to'g'risida qanday ma'lumotlarni bermoqchi bo'lgan, deb o'ylaysiz?
Hikoyadagi «mahalla bolalari ila fanor orasida anglashilmas dushmanlik uyg'ondi» degan gapni izohlashga harakat qiling. Bu «dushmanlik»ning sababi nima bo'lishi mumkin?
O'ylab ko'ring-сhi, Qosim сho'loqning shunday laqab olishiga nimalar sabab bo'lgan ekan?
Yangi mavzuning bayoni:
Taniqli yozuvchi Mirkarim Osim 1907- yilda Toshkentda ziyoli oilasida tug'ilgan. Dastlab eski maktabda, 1917-1920- yillar oralig'ida esa «Shams ul-urfon» nomli boshlang'ich maktabda o'qigan. 1921— 1924- yillarda shahardagi ta'lim va tarbiya texnikumida tahsil olgan. Do'stlari Oybek va Homil Yoqubov bilan shu texnikumda adabiyot va san'at sirlarini o'rgangan. 1926- yili Moskvadagi pedagogika institu-tining tarix fakultetiga o'qishga kirib, uni 1930- yilda muvaffaqiyatli bitirgan. Yurtimizga qaytib kelgach, Samarqanddagi o'qituvchilar tayyorlash kursida dars bergan. 1932-1949- yillarda esa, awal Toshkent Pedagogika ilmiy-tekshirish institutida, keyin Maorif xalq komissar-ligi (vazirligi) qoshidagi ilmiy muassasada ilmiy xodim bo'lib ishlagan. Shu paytlarda she'rlar, tarix fanidan qo'llanma va darsliklar yaratgan.
Mirkarim Osimning «Yangi ariq» nomli dastlabki qissasi 1925- yil-da yaratilgan bo'lsa-da, sho'ro hukumati uning o'z vaqtida e'lon qili-nishiga yo'l qo'ymagan. Vatanimiz o'tmishiga, xalqimizdan yetishib chiqqan ulug' insonlar taqdiriga nihoyatda qiziqqan yozuvchi ijodi davomida ana shu mavzularda o'nlab asarlar yaratishga muvaffaq bo'ldi. Adibning tarixga oid dastlabki yirik asari - «Astrobod» qissasi bo4lib, u buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hayotiga bag'ishlangan edi. Umuman, 1937-1940- yillar ichida adib Navoiyning hayot va ijod yo'llarini keng aks ettiruvchi «Alisher Navoiy va Darvishali», «Badarg'a», «Navoiyning xislatlari», «Ulug'bek va Navoiy» singari qissa va hikoyalar yozdi.
Yangi mavzuni mustahkamlash: Yangi mavzu mustahkamlash uchun “Raqamlar so’zlaydi” usulidan mustahkamlash uchun foydalaniladi. Buning uchun o’qituvchi oldindan raqamlar yozilgan tarqatmalar tayyorlaydi. Uchala guruh uchun uchtadan tarqatma beriladi. Tarqatmani olgan guruh ishtirokchilari unda yozilgan raqam adib hayotida aks ettirilgan qaysi voqea yoki hodisa bilan bog’liq ekanligini sharxlab beradi. Masalan:
Bu raqam 1907-yil bo’lib, yozuvchi Mirkarim Osim tavallud topgan yilni bildiradi.
1 9 0 7 Uyga vazifa: mavzuni o’rganish. Darsni yakunlash: