rini she’rga quymoqqa boshladilar. Ikki, to‘rt, olti,
sakkiz misralari ta ’rixlar sanoqsiz paydo bo‘la boshla-
di. Parcha-parcha qog‘ozlar qo‘ldan-qo‘lga o‘tib,
ko‘chirilib, yangi ilhomlarni to'lqinlantirdi. Har bir
so‘zidan yig‘i, faryod ko‘tarilgan, qayg‘u
barq urgan
ajoyib marsiyalar yaratildi. Shoirning motamini she’r
gullari bezadi.
Shohilarga o‘ralgan tobutni shoir d o ‘stlari, jango-
var beklar, Hirotning a’yon va akobirlari ko'tarib
chiqdilar. Xalqning faryodi ko‘kni titratdi. Ulug‘
motamga beparvo qolishni istamagandek, osmondan
bulutlar ham duv-duv tomchilar quydilar...
Tobut xalq
dengizi ustida chayqalib, minglarcha qo‘llarda uza-
tilib, «Unsiya»dan birpasda uzoqlashib ketdi. Har kim
bu tobutga, jilla bo‘lmasa, barmoq uchini tegizib qo
lishni baxt, insoniy burch deb bilar edi.
0 ‘n minglarcha qo‘ldan o‘tgan tobut Iydgohda
to‘xtadi.
Motam marosimiga muvofiq, dabdaba bilan
Husayn Boyqaro hozir bo‘ldi. Bu yerda janoza o‘qildi.
Tobut yana xalq to ‘lqini ustida suzdi. Shoimi, o ‘zi sol-
dirgan go‘zal binolardan biri — Jomeda, abadiy qarori
uchun ilgaridan yasab qo‘ygan maskaniga yotqizdi-
lar... Ulug‘ qabming ustida Hirot yig‘ladi. Jomening
azamat peshtoqlari, samo
kabi gumbazlari iztirobli
sadolardan titrardi.
Oqshomdagina ko‘chalarda, bog1 va maydonlarda
odam to ‘lqini siyraklandi. Sultonmurod va Arslonqul
boshlarini quyi solib, xiyobon bo‘ylab, asta ketardilar.
Quyosh
olovlangan bulutlarga botib, ufqqa sho‘ng‘ir
edi. Xiyobon oxirida Sultonmurod xo‘shlashmoq
uchun to ‘xtadi. Qizarib shishgan ko‘zlari bilan Ars-
lonqulga qaradi.
— Aziz otamizning fikrini, yo‘lini himoya qilmoq
uchun, — dedi Sultonmurod bo‘g‘iq
va hazin ovoz
bilan, — qilichingizni mahkam tuting, bahodir!
— Men tig‘im bilan, — qilichining sopini qisib,
dedi Arslonqul, — siz o ‘z
ilmingiz bilan xalqqa, yurt-
ga xizmat qilaylik!
Olim bilan botiming qo‘llari sevgi-sadoqatning
kuchi va samimiyligi bilan mahkam birlashdi.
4 8 9