da xizmat qilish bilangina kifoyalanmay, shu yillarda o'zbek madaniyati tarixi bilan ham qiziqib, Oybek yordamida bu tarixning m u n aw ar tim soli Alisher Navoiyga hurmat va muhabbat tuygan. Va ular birgalikda Navoiy haqida rus tilida ilmiy-tanqidiy risola yozganlar. Oybek D eych n i Navoiy muhitiga olib kirish istagida Eski shahardagi Odam atodan qolgan ko'chalam i aylantirib, ko'rinishi, yurish-turishi, hayot tarzi N avoiy zamon- doshlarini eslatishi m um kin bo'lgan kishilar bilan osh no etgan. Kunlaming birida bu ikki og'ayni hozir metroning «H am id Olimjon» bekati joylashgan yerda ketar ekanlar, Oybek olisdan antiqa qiyofali odam ni uchratib qoladi; yugura borib, u bilan so'rashadi va suhbatlashib qaytadi. M a’lum bo'lishicha, bu kishi Oybekning uzoq tanishlaridan biri ekan. Tasodifiy uchrashuvdan mutaassir bo'lgan adib Deychga: «Ana shu kishidan men rom anim dagi biror navkar yo hatto bekning siyratini chizishim mumkin», deydi. Nazarimda, A. D eych orqali bizga yetib kelgan bu xotira ham Oybekning roman ustida olib borgan ko'p qatlamli, murakkab va zavqli- shavqli ishini bir qadar yoritib turadi. Hozirgina romanni o'qib tugatgan kitobxonga u haqda boshqa biror so'z aytish o'rinsizdir. Oybek tarixning murakkab davrlaridan birida yashadi. U m um an, ta- rixda nomurakkab davrlar bo'lm aydi. Har bir asr, har bir ijtim oiy tuzum o'ziga yarasha m ushkul va chigal davrlardan iborat. Lekin, shunga qara- may, Oybek va uning qalamkash do'stlari yashagan davm i boshqa biror tarixiy muddat bilan aslo qiyoslab bo'lmaydi. Kom m unistlar partiyasi bu davrda jamiyatni harakatga keltiruvchi yagona kuchga aylanib, talaygina xayrli ishlami amalga oshirdi. Sovetlar davrida ro'y bergan yaxshi ishlar-