Shuning uchun — davr «Navoiy» romanining tezroq yozib tugallanishini taqozo etganligi uchun ham adib 1942-yili — urushning eng q izg‘in pal- lasida asar ustida ayniqsa katta zavq va ilhom bilan ishladi. Agar y o ‘lingiz adib yashagan manzilga — Oybek uy-muzeyiga tushsa, undagi kichik, am m o shinamgina bir xonaga ham kiring. Oybek 1942-yil- ning qahraton qishida, kerosin lampaning xira shu’lasida, qishki liboslarga burkangan holda o'tirib, shu yerda «Navoiy» rom anini yozib tugatgan. Adibning maskovlik rus birodari shoir Nikolay Tixonov har safar Toshkentga kelganida, shu «Sharq xonasi»ni ziyorat qilishni sevgan va yor- d o ‘stlariga Oybekning shu xonada, xontaxta atrofida k o ‘rpachada o'tirib, ijod qilganini zavq-shavq bilan so'ylab bergan. Oybek 1940-yili Ishchilar shaharchasidagi uyini ovrupo uslubida qura boshlagan esa-da, unda kichik bir hujraning ham b o ‘lishini istadi. U olis va yaqin ajdodlari singari, shu hujrada o'tirib, mutolaa qildi, asarlar yozdi. Xontaxta ustidagi kerosin lam paning g'ira-shira nurida XV asrda yashab o'tgan qahramonlarini ko'rgandek va ular bilan suhbat qurgandek bo'ldi. Shu uydagi ota-bobolardan qolgan ko'hna asbob va anjomlar orqali ajdod- larining hayot tarzini ko‘z oldiga keltirdi. Eski Toshkentning egri-bugri ko'chalaridan o'tib, yor-do'stlarining naqshin eshiklaridagi tem ir halqalar yo zulfinlam i qoqqanida, Hirotning sershovqin hayotini yanada aniq tasaw ur etdi. Rom an yozilgan kezlarda sobiq sovetlar m am lakatining dushman bosib oigan shaharlaridan ko'plab yozuvchilar, san’atkorlar, olimlar O'zbekistonga ko'chirib keltirilgan edi. Shulardan biri Aleksandr D eych bo'lib, u tez orada Oybek bilan do'stlashib oigan. U TASS muxbiri sifati