ridan tomchilar yumalaydi. G o‘daklar favqulodda jid- diylashgan. Ular sovuq havoda burunlaridan ko‘ra, ko‘proq yeng uchi bilan ko'zlarini artadilar. 0 ‘z tari- xida ne-ne ulug‘ zotlami ko‘mgan Hirot hech vaqt, hech qaysi motamda, bukungi motamdagidek, qayg‘u girdobida chirpinmagan. «Unsiya»ning ichi lim-lim odam. Yuzlab olim, yuzlab shoir, yuzlab san’atkor, shayxlar, sadrlar, mansabdorlar, hunarmandlar, dehqonlar kirib, shoir bilan vidolashar, ho‘ngrab-ho‘ngrab chiqardilar. Ulardan keyin yana yangi to'lqin oqardi... Darveshalini dard bukib qo‘ygan. Qadrdon mulo- zimlar Shayx Bahlul, Sohib Doro, Mahmud Toybo- diy va boshqalar esa hushdan ayrilganlar. Ayriliq, muhabbat, ko‘z yoshi to‘g‘risida sayragan shoirlar bu so‘zlarning haqiqiy, ulug‘ ma’nosiga endi yetganlar. Mana, Behzod. Shoiming, o ‘z ustozining boshida uning yig‘isi, o ‘lmas asarlari kabi, chuqur, ma’nodor. Mana, kechagi sodda bahodir, do‘lvor yigit — bukun ming navkaming boshlig‘i Arslonqul. U bulutday o ‘kirib yig'laydi. Shoirlar bilan bir qatorda qahrli jan- govar beklar yig‘laydi... Erkaklardan bo‘shalgan xonaga ayollar kira boshla- di. Yuzlab saroy xonimlari yig‘lab kelishdi. Bulardan so‘ng kelgan yuzlab xalq ayollari — qizlar, kelinlar, kampirlar — tim qora kiyinib, faryod bilan havoni zi- rillatdilar. Sultonmurod sokin, ulug‘vor yotgan ulug‘ o'likni so‘ng dafa quchoqlab chiqarkan, dahlizda xotinlar orasida Dildorga ko‘zi tushdi — timqora ko‘ylak, nozik qoshlariga qadar tushgan timqora ro‘mol. Qora, shahlo ko‘zlaridan duv-duv yosh quyuladi. Sultonmurod og‘ir xo‘rsindi, go‘yo ichida bir olov tutaqdi: «Yig‘lang,