benihoyat dahshatli va olamshumul natijalarga keladi. Fikran asrlarning, davrlarning manzarasiga nazar tash- lasangiz, tarix mantiqining ajoyib xulosalarini ko‘rasiz. Qahramonlar, hukmdorlar, jahondorlarning umri bo‘lgani kabi, davrlarning, davlat va saltanatlaming, xonadon, sulolalaming ham umri bor; daryo-daryo qon oqizib, muazzam tarix binosi yaratgan erlar, nihoyat, bir tomchi qonning gunohiga g‘arq b o‘lib, na o ‘zlaridan, na azamat tarixlaridan nom-nishon qolgan. Buning misollarini bizning o ‘z tariximizdan ham top- mog‘ingiz mumkin. Ular hammaga ham ma’lum. Qo‘rqamenki, unday falokatlar qarshisida takror qol- masak edik! Shoir jim bo‘ldi. Uning hazin fikri ko‘zlaridagina emas, keyingi vaqtlarda quyuqlashgan yuz ajinlarida, oppoq soqolining tolalarida ham yonar edi. Navoiy- ning mash’um bo‘rondan darak bergan, haqiqatning butun achchiqligi, sovuqligi bilan aytgan so‘zlari, go‘yo ko‘zi bog‘liq odamni tubsiz o ‘pqonning naq labiga keltirib, birdan ko‘zini ochib yuborganlaridek, ta’sir ko‘rsatgan edi. — Har nechuk falokatni daf etmoqqa g‘ayrat qil- moq kerak, — dedi Navoiy qat’iy, ishonchli ovoz bilan, — muborak vatanning, el-ulusning salomatligi uchun fidokorlik ko‘rsatmoq vazifamizdir. Sizdan tila- gim shulki, bir-birimizga, davlatga, yurtga vafo, sado- qat, muhabbat bilan bog‘lanaylik. Vafo va muhabbat ulug‘ qudratdir. Bu qudrat bilan to‘la ko‘ngillar ha- yotni nurlanturlar, ular falokat darvozalariga sad che- kib, saodat darvozalarini ochurlar. Bu so‘zlar, bo‘g‘iq nafaslarga varillab kirgan bahor shamoliday, ta’sir qildi. Sultonmurod bu fikmi juda qizg‘in va shavq bilan quwatladi. Vafo va muhabbat-