xabardor bo‘lib qolgan ba’zi muqarrablar ertasi bu xususni xoqonning ko‘ngillariga yetkizdilar. Mash’um farmonni xoqon go‘yo tushlarida ko‘rgandek yodlay- dilar. Birdan butun qarorgohni ost-ust qildilar. Nima- sini so‘zlayin, bek janoblari, qarorgohda bir qiyomat qo‘pdi. Shu onning o ‘zida yangi farmonni bitib, menga topshirdilar, shamoldek uchib bor, deb takror- takror uqtirdilar. Umrimda ne-ne otlar mindim, ne-ne masofalami yashindek bosdim. Lekin hammasi bu safargiday emas. Afsuski, ajal tikilgan ekan... Hay, siz nega bu qadar sur’at bilan yo‘l bosdingiz, hojat yo‘q edi-ku? — Endi bildingizmi,— o ‘qrayib dedi To‘g‘onbek,— otimning qanotiga yuguruk bulutlar rashk qiladi! Tarki odat mahol, badanimda suyaklarim qisirlagan sari zavqlanib, battar tez haydaymen. Sizlar na otni, na yo‘lni bilasizlar! — Hamma narsa qismatda... — aybdorlarcha 450
bo‘ynini qisib dedi zindonboshi. — Agar shahzoda- ning qismati o‘zga bo‘lsa edi, ot emas, eshak min- ganingizda ham bekdan oldinroq yetib kelardingiz. Chopar kalavlanib eshikka chiqdi — qorong‘ilikda ho‘ngrab yig‘ladi. Zindonboshi T o‘g‘onbekka orqadan ko‘z olaytirib, boshini chayqab qo‘ydi. To‘g‘onbek shoshib-pishib kiyinarkan, ichida jahl bilan derdi: «Qay ishga ayol bumini tiqsa, oqibati voy!» Kiyinib bo‘lib, zindonboshiga qattiq o ‘qraydi, tashqari chiqdi. Navkarlar otni keltirdilar. Podshoh- ning huzuriga borishga botinmay, Astrobodga, Muzaffar Mirzo huzuriga jo ‘nab ketdi To‘g‘onbek. n Uyidan elang-qarang chiqqan Sultonmurod ham- maning yuzida oniy bir falokat zarbini tortganlarning