nafas oldi. Amr Obodiy bilan baravarlashib: «Obdon aqlli go‘dak edi», dedi. Amr Obodiy labini yalab 448
«Yusufdek xushro‘y edi!» deb qo‘ydi. Zindonboshi- ning xonasiga yetishgach, u qimor va sharob bazmi- ga borishini aytib, xayrlashdi. T o‘g‘onbek xona ichiga kirdi. Boshini quyi solib, yolg‘iz o ‘tirdi. Hozirgi faje manzarani unutishga tirishdi. U fikrini zo‘rlab, bu ma’sum qurbonning natijasida ro‘y beradigan voqealarni o ‘yladi; o ‘z yo‘llarini, munosabatlarini aniqlab olish uchun bosh qotirdi. Bir soatdan keyin zindonboshi keldi. T o‘g ‘onbekning bu yerda o ‘tirgani- ni ko‘rib, taajjub bilan so‘radi: «Bu faqir kulbada tunamoqchilarmi, bek janoblari?» To‘g‘onbek javob bermadi. Zindonboshi shamdonga yangi sham o ‘tqaz- di. Homuza tortib, bir chekkada mudraganday, jim o ‘tirdi. Bir muddatdan keyin T o‘g‘onbekka yana murojaat etdi: « 0 ‘rin solib beray. Bir nafas orom olsinlar». «Sen yotaver. Uyqu bosib qolsa, mudrab olarmen», javob berdi po‘ng‘illab T o‘g‘onbek. To‘g‘onbek Hirotda bir kun ham qolishni istamas edi. Chunki erta-indin poytaxtda butun xalq fojiani eshitar, har kim o ‘z bilganicha bichib-to‘qir, podshoh farmoni bilan bo‘lgan ishda To‘g‘onbekni ayblash- masalar ham, har holda uning ismi har yerda tilga d i nar, zahar tilli bitta-yarimta shoir uning to‘g‘risida hajv yozib tarqatar... Shuning uchun erta bilan qaror- gohga chiqib ketib, Xadichabegimni quvontirmoqchi bo‘ldi. Zindonboshi ancha vaqt g‘oyib bo‘lib, nihoyat, qayerdandir bek uchun yangi atlas ko‘rpalar, ikkita