To‘g‘onbek. — Rostmi? Podshoh hazratlarining qahri g‘azabla- riga yarasha saboqni biz bersak ham kifoya edi. G o‘dakning jonini sug‘urmasdan o ‘n jonni sug‘urgan- dan badtar bir ish qilar edik, — dedi-da Amr Obodiy zindonboshidan farmonni olib o ‘qidi. Keyin unga: «Bo‘ladigan ishda sustlik ko‘rsatmoqda ma’no yo‘q, yana farmoni oliyga hurmatsizlik bo‘lmasin!» degach, zindonboshi indamasdan, o ‘rnidan turdi, qorong‘ilik- da yo‘qoldi. Amr Obodiy, muqaddas joyga ketayotgan kabi, ruhiy yengillik bilan zindon tomonga borarkan, orqasidan lapanglab To‘g ‘onbek ham yetdi. Chunki ishni «toza» bajarmoqchi bo‘ldi. Oltin, kumush yoki kelajakda mansab berish va’dasi bilan jallod tig‘i osti- dan boshini qutqargan shahzodalar haqida u eshitgan edi. Shunday qilib, bular ham shahzodani bir zumda qochirishlari yoki yashirishlari mumkin edi. — Tomosha qilasizmi? Juda soz! — dedi Amr Obodiy To‘g ‘onbekka yo‘l boshlab. Qorong'ida zindon binolari o ‘z dahshatini yana ham chuqurroq sezdirardi. Ba’zan qorong‘ilik orasi- dan faryodlar, yig‘ilar, ingrashlar eshitilib qolardi. Amr Obodiy goh pastlikka tushib, goh balandlikka ko‘tarilib, nihoyat, qo‘rg‘onday baland, haybatli devorlar oldida to‘xtadi. Kalidlarni shiqirlatdi, eshik zardali «g‘arch-g‘urch» bilan ochildi. To‘g‘onbek ich- kari kirgach, rutubatli bo‘g ‘iq havo burniga urdi. Bir 446
burchakda, go‘yo qorong‘ilikdan qo'rqib titraganday, lipillab, kuchsiz yongan shamda bu yeming uzun dahliz ekanini fahmladi. Amr Obodiy dahliz oxiridagi eshikni ochib, oldin T o‘g ‘onbekni kirgizdi.